Erkaklar haqida latifalar

Xotin eriga:
— Adajonisi, esizdami ko‘cha boshidagi chinor, o‘sha chinor tagida tanishib bir-birimizga ko‘ngil qo‘ygandik, mana turmush ham qurdik.
— Esizdami o‘zi a?
Er:
— Ha, esimda. Nimaga uni eslab qolding?
Xotin:
— O‘sha chinorni yashin urib, yonib ketibdi.
Er:
— Unga bu ham kam...
— Bo‘ldi, xotinim bilan ajrashaman!
— Nega? Nima bo‘ldi?
— Tuni bilan klubma-klub izg‘ib yuradigan xotinni menga keragi yo‘q!
— Kechasi klublarda nima qiladi xotining?
— Meni qidiradi-da...!
Bir ayolning hushtori uyidaligida, eri kelib qolibdi. Hushtor kiyimlarini olishga ham ulgurmay, derazadan qochib qolibdi. Yaqin o‘rtada park bor ekan. Parkka kirsa o‘ziga o‘xshagan kiyimsiz haykal borakan. U ham haykalni yoniga kelib, qimirlamay qotib tursa, yonidagi haykal:
— Ey, ahmoq! Paypog‘ingni yechib tashla. Qayerda ko‘rgansan paypoq kiygan haykalni?, - debdi.
Erta tongda uyiga qaytgan eriga eshik ochgan xotini:
— Ha, nega keldingiz? - debdi.
Eri bo‘lsa o‘zini yo‘qotib:
— Nonushta qilgani..., - dermish.
— Internetga kirib "Chiroyli, aqilli, qaddi-qomati kelishgan, mehribon qiz bilan tanishmoqchiman" deb yozib o‘tirsam, bir zumda orzuimdagi go‘zal orqamga kelib qolibdi. Faqat qo‘lida o‘qlov bilan kompyuterimga qarab turgan ekan...
— Onasi, o‘g‘limizni bog‘chadan olib keldim!
— Nimalar deyapsiz? Kimni bolasi bu? Bizni o‘g‘limiz maktabga chiqqaniga 2 yil bo‘ldi-ku!
Bir odam xizmat safariga keta turib, xotiniga debdi:
— Men safarga ketyapman. Uyni qulflab ketaman. Men kelguncha ko‘chaga chiqmagin.
Haligi odam uyni qulflab, kalitini eng yaqin, ishongan do‘stiga tashlab debdi:
— Senga hammadan ko‘proq ishonaman. Bu uyimni kaliti. Xotinimni rashk qilishimni bilasan. Kalitni hech kimga berma! Men kelguncha xotinim hech kim bilan ko‘rishmasin!
Haligi odam samolyotga chiqib, endi uchib ketayotsa, do‘sti qo‘ng‘iroq qilib qolibdi:
— O‘rtoq, senga ishonaman deganding. Uyni kaliti tushmayapti-ku, boshqa kalitni tashlab ketibsan...!
Bir yigit Guli ismli qizga uylanibdi. Yangi kuyov bolani yoniga do‘stlari kelib:
— Qalesan o‘rtoq? Kimga uylanding? - deb so‘rashibdi.
Kuyov bola:
— Guliga - desa, do‘stlari:
— Voy,o‘sha yengiltak Guliga-ya? U yaxshi qiz emas, juda hulqi buzuq qiz-ku! - deyishibdi.
Kuyov indamay ketibdi. Bir payt do‘konga kiribdi. Sotuvchi:
— Iye, kuyov bola kelsinlar... Nima xizmat? Ha aytgancha, kimga uylandingiz?
— Narigi mahalladagi Guliga...
— Voy, chatoq ish bo‘libdi-ku... U qiz yaxshi qiz emas, yengiltak-ku?!
Kuyov bola juda xafa bo‘lib o‘tirsa, boshqa shaharda yashovchi tanishi kelib qolibdi. U ham kimga uylanganini so‘rabdi. Kuyov har doimgidek, yomon gap-so‘zlarni eshitibdi.
Boshi og‘rib ketgan yigit dorixonaga kiribdi. Dorixonadagilar ham:
— Kuyov bola, muborak bo‘lsan! Kim ekan u qiz? - deb so‘rashsa, kuyovni jahli chiqib ketib:
— Bir ko‘chada qolgan, rasvo, yengiltak, fohishaga uylandim!!! - deb dod sola boshlabdi. Shunda dorixonadagilar bir-biriga qarab:
— Obbo, qo‘shni mahalladagi Guliga uylangan shekilli? - dermish.
Bir kuni Afandi bilan xotini hayvonot bog‘iga borishibdi. Xotini hayvonlarga qarab yig‘laganini ko‘rib, uning yoniga borib mehribonlik bilan so‘rabdi:
— Xotin nega yig‘layapsan?
— Dadasi qarang, shuncha shuba bekorga yotibdi-ya.
Qimor o‘ynab o‘tirgan erkaklar orasida bittasi to‘satdan vafot etibdi. Oila a’zolariga bu shumxabarni qanday yetkazishni bilmay, oxiri eng katta qimorboz borib aytadigan bo‘libdi.
Vafot etgan qimorbozni uyini eshigini xotini ochibdi:
— Bilasizmi, sizni eringiz qimor o‘ynab o‘tirib, hamma narsasini yutqazib qo‘ydi. Mashinani ham, uyni ham, pullarni ham, dalahovlini ham...
— O‘lib ketmaydimi, menga desa, - debdi g‘azablangan xotini.
Bu gapdan yengil tortgan qimorboz shoshilib:
— Shunaqa bo‘ldi, siz aytgandek bo‘ldi! - dermish.