Erkaklar haqida latifalar

Mast kishi jon-jahdi bilan simyog‘ochni taqillatardi.
— Xotin, kimga aytyapman, och eshikni!
Yaqindan o‘tib ketayotgan posbon yoniga kelib:
— O‘rtoq, nima gap?! Qani, «puf» deng-chi?!
Mast jon-jahdi bilan puflagandi, posbon o‘zi chayqala boshladi va simyog‘ochni taqillatib baqirdi:
— Qanaka xotinsiz, o‘zi? Oching eshikni!
Bir kuni er-xotin janjallashib qolishibdi. Xotinini jahli chiqib eriga:
— Sizga tekkandan ko‘ra shaytonga tekkanim yaxshi edi, - desa, eri qarab turib:
— Buni iloji yo‘q, yaqin qarindoshlarning nikoh qurishi man etiladi, - debdi.
— Allo, boshlig‘ingiz bilan gaplashmoqchiman.
— Boshliq bandlar
— Axir men xotiniman...
— Hamma ayollar xotiniman deb, telefon qiladi.
Yangi kelin-kuyov chimildiqda o‘tirganmish. Kuyov barmog‘idagi uzukni aylantirib o‘tirgan ekan, kelinni sabri tugab:
— Siz boshqa ishni ham bilasizmi? – desa, kuyov:
— Bilaman. Uzukni narigi tarafga ham aylantira olaman - debdi.
Tongga yaqin uyiga kirib kelgan erga xotini dedi:
— Qayerlarda yuribsiz? Tuni bilan uxlolmay chiqdim!
Er:
— Meni uxladi deb o‘ylaysan-mi!?
Shkaf ichidagi tolibi ilm ustozi piri Komildan so‘radi:
— Ustoz, biz bu yerdan qachon keturmiz?
Piri Komil javob qildi:
— Eee? yig‘ishtir adabiycha gappi, eri ketsin, suramiz.
Uchta xotin suhbatidan:
Birinchi xotin:
— Erim har bayram kunlari to‘yib aroq ichadi.
Ikkinchi xotin:
— Meni-yam erim ichadi. Faqat choyxonaga borgan kunlari ichadi.
Uchinchi xotin:
— Meni erim... – deb tursa, eri kelib qolib debdi:
— Xotin, kalendarga qara-chi, bugun bayrammi? “Yo‘q” deysanmi!? Unda men choyxonaga ketdim, – dermish.
Choyxonada oshxo‘rlik qilib o‘tirgan Afandiga bir tanishi debdi:
— Uyingizga o‘t ketdi, tez boring!!!
— E, yo‘q! Biz xotinim bilan ishlarni bo‘lishib olganmiz. Men pul topib boraman. Xotinim uydagi ishlarga qaraydi. Bor o‘ziga ayt!
Bir tanishim gapirib berdi. U ishxonada biror qiyinchilikka duch kelsa, cho‘ntagidan xotinini suratini olib, qarab qo‘yarkan-da, darhol tinchlanarkan.
Xotinini suratiga qarab shunday der ekan:
"Yetti yildan beri shu shallaqi, janjalkash, vaysaqi bilan yashab kelyapman-ku, ishxonadagi qiyinchiliklar buni oldida nima bo‘pti?! Hammasi joyida!"
Kechasi er xotin uxlayotsa eshik taqilabdi. Xotin homilador ekan.
— Dadasi turing, eshik taqilayapti, qarab qo‘ying desa,
— O‘zing qaraver, debdi.
— Voy dadasi men, ikkiqatmanku, qo‘rqaman, desa
— Ikkiqat bo‘lib, sen qo‘rqqan, birqat bo‘lib men qo‘rqmaymanmi, dermish