Erkaklar haqida latifalar
— Oylik oldingizmi adasi?
Eri kesatishli ohangda:
— Bugunmas! Charchadim! - dermish.
— Eringiz sizni mushugim deb erkalar ekan. Nega ajrashaman deyapsiz?
Xotin:
— Axir erim "Mushuklar balandlikdan sakrasa, oyog‘i bilan tusharkan" deb derazadan tashlab yubormoqchi! - dermish.
Xotin:
— U bilan boshqa yashay olmayman! Erim uyda qo‘y boqyapti. Nafas olib bo‘lmaydi...
Sudya:
— Derazalarni ochib shamollatib tursa bo‘ladi-ku...?! Shunga ajrashish shartmi?
Xotin:
— Nimalar deyapsiz janob sudya!? Axir meni ilonlarim o‘rmalab tashqariga chiqib ketishadi-ku...
— To‘ydan keyin, men sizga haligacha hech kim mendan bo‘sa olmagan joyni ko‘rsataman.
Kuyov:
— Qayerda ekan u joy?
Kelin:
— Bu Gavai orollarida!
— Qayerda edingiz?
— A, sinfdoshlar bilan uchrashdim...
— Uch kun-a?! Nimalarni esladingizlar?
— Qayerda yashashimni...
— Umringda xotiningni urganmisan?
— Faqat himoyalanayotganda.
Er:
— Seni nuqul pul havotirga soladi!
Xotin:
— Pul havotirga solmaydi, tinchlantiradi!
— Qachon shunday bo‘ldi?
— Uyimizga o‘t tushganda bitta eshikdan qochib chiqqanmiz.
— Dadasi, kobra ilonini ko‘rganmisiz?
Eri:
— Ha, axir o‘n besh yildan beri yonida yashayapman-ku.
— Chaqsa odam o‘larmish-a?
— Unda meni qonimda kobrani zahariga qarshi immunitet paydo bo‘pti-da?!
— Keyin-chi?
— Keyin biz tanishdik...