Haydovchilar haqida latifalar

Yo‘lda ketayotgan qizning yonidan o‘tib borayotgan mashina oynasidan:
— Mashinaga o‘tir, konfet beraman, - debdi bir kishi.
— O‘tirmayman, - javob beribdi qiz.
— O‘tirsang ikkita konfet beraman.
— O‘tirmayman, ketavering!
— Chiqaqol endi mashinaga, senga uchta konfet beraman.
— Dada, bu Tikoni o‘zingiz sotib oldingiz! Unda o‘zingiz yuravering!
Haydovchi avtomobilda ketayotib, xavfli burilishga yaqinlashib qolibdi.
— Qarachi, yon tomonda mashina yo‘qmi, - debdi yonidagi sherigiga.
— Yo‘q, haydayvering, - debdi.
Bir payt avtomobilga "qars" etib mototsikl urilibdi.
Haydovchi:
— Axir senga qara degandimku!
— Siz mashina yo‘qmi degandingiz...
Damas haydovchisi liftga chiqsa ham odam to‘lishini kutadi.
Bir kuni Mersedes avtomobili buzilib qolgan Zaporoj mashinasini tortib ketmoqchi bo‘libdi. Zaporoj haydovchisi qari chol:
— Yigitlar, faqat Mersedesni tez haydamanglar. Agar tezlashib ketsangiz, faralarni yoqib-o‘chirib ishora qilaman, - debdi.
Yo‘lda Mersedes baribir tezlashib ketibdi. Orqasida kelayotgan Zaporoj ishora qilsa ham e’tibor berishmabdi.
Birinchi postda to‘xtamasdan "uchib" o‘tib ketishibdi. Postdagilar darhol keyingi postga qo‘ng‘iroq qilib:
— Hozirgina Mersedes mashinasi katta tezlikda o‘tib ketdi. Orqasidan kelayotgan Zaporoj haydovchisi faralarni yoqib-o‘chirib, "o‘tib ketay" degan ishorani bersa ham, tushunishmayapti, - dermish.
— Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi? Nega mashinamni oldida yugurib ketyapti?
— Mashinani piyodalar yo‘lagidan emas, mashinalar yuradigan yo‘ldan haydasang yaxshi bo‘lardi.
Taksi dispetcheri haydovchi bilan aloqaga chiqibdi:
— Beshinchi, beshinchi... Buyurtma olasizmi? Mijoz samolyotga kech qolyapti. vaqtida yetkazib borasizmi aeroportga?
— Ha, mijoz samolyotga o‘z vaqtida yetib boradi. Avtomobilimda yana bitta mijozim bor!
— Samolyot 10 daqiqadan so‘ng uchar ekan. Yo‘llar tirband bo‘lsa, qanday qilib kechikmasdan olib bormoqchisiz?
— Gap shundaki, mashinamda o‘tirgan mijoz uchuvchi - shu samolyotning boshqaruvchisi bo‘ladi.
— Allo, taksimi?
— Ha!
— Qozog‘iston poytaxtiga bormoqchi edim. Olib borib qo‘yasizmi?
— Yo‘g‘-ye, Nursulton juda uzoq! U yerga eltib qo‘ya olmaymiz!
— Nur-sul-ton, 9 ta harf. To‘g‘ri kelyapti. Rahmat!
Maktab yonidan o‘tuvchi mashina yo‘li chekkasidagi yozuv:
"Ehtiyot bo‘ling! Bolalar! Urib yubormang!"
Ushbu yozuv tagida bolakaylarning egri-bugri yozuvi qo‘shimcha qilingan:
"Biroz kuting! O‘qituvchimiz chiqadilar!"
Marshrutkada ketayotgan yo‘lovchilardan biri haydovchiga debdi:
— Ana shu to‘xtab turgan Matizni orqasida to‘xtatib yuboring!
Shu zahoti Matiz yura boshlabdi. Marshrut haydovchisi yo‘lovchiga qarab:
— Matizni ortidan quvlayveraymi? – dermish.
Bir kishi mashinasini haydab ketayotsa yo‘l chetida to‘rtta yigit bitta odamni urayotgan ekan:
— Nima qilyapsanlar to‘rttalang bitta odamni urib? - so‘rabdi haydovchi to‘xtab.
— Chorrahada buzilgan kameralarni tuzatadigan ustani ushlab oldik, - debdi yigitlar.
Shunda haligi odam:
— Qo‘l bilan urishni nima xojati bor?! Oyoq bilan tepa qolinglar? - dermish.