Haydovchilar haqida latifalar

Amerikada mashinasida shaharda ketayotgan kishi birdaniga probkaga duch kelibdi. Bir soat, ikki soat, hech bu bir metrga ham yurmasmish. Shu vaqt bittasi kelib oynasini taqillatibdi. Oynani tushirib:
— Nima bo‘ldi, tinchlikmi?
— Obamani o‘g‘rilar ushlab olishibdi. Agar 1 milliard dollar berilmasa, ustiga benzin quyib yoqvorisharkan.
— Hmm, endi tushundim, demak probka shuni dastidan ekanda?!
— Ha, shunga oz-ozdan yordam yig‘ayotuvdik..
— O‘rtacha qanchadan berishyapti?
— Tahminan 5 litrdan...
Toshkentlik bir yigit kichikroq qishloqda avtobusga chiqib so‘rabdi:
— Shalag‘i chiqqan bu eski aravaga chiptaning narxi necha pul?
— Odatda bir qop poxol uchun 1000 so‘mdan olamiz, — debdi haydovchi.
Yo‘l patrul xizmati xodimi shubhali mashinani to‘xtatsa, ruldagi haydovchi g‘irt mast emish.
— Ichib turasizmi haydovchi? - deb so‘rabdi xodim.
Haydovchi aroq to‘la piyolani unga uzatib:
— Siz bilan birinchi martta, - degan ekan.
Bir student yigit avtobusdan tushish paytida, haydovchiga qarab, amaki meni pulim yo‘q edi, - desa
Haydovchi yigitni orqasiga qarab bir tepib tushurib yuboribdi.
Bola haydovchiga qarab:
— Amaki yana bir teping, - debdi
Haydovchi yana bir tepibdi.
Bola avtobus ichiga qarab:
— Guli sangayam to‘ladim tushaver, - dermish
Hujjatlarini tekshirayotgan YPH xodimiga asabiylashgan haydovchi debdi:
— Tezroq bo‘lsangiz-chi! Orqamdan hamkasblaringiz quvlab kelishyapti.
Bir haydovchi avtomobilida katta tezlikda ketayotsa, yo‘l chetida:
"Tezlikni 50km/s ga pasaytir!" degan yozuvni ko‘rib qolibdi. Darhol pasaytirib, biroz yurgach, yana yozuv chiqibdi:
"Tezlikni 20 km/s ga tushir!" Biroz yurgach, yana "10 km/s tezlikda hayda!". 10km/s tezlikda bir soat yurgan haydovchi, oxirgi yozuvga ko‘zi tushibdi:
"Toshbaqa" nomli bog‘imizga xush kelibsiz!"
Haydovchi DAN xodimiga jahl bilan:
— Viloyat DAN boshlig‘i mening qaynotam bo‘ladi, - debdi.
— Yolg‘on! Bo‘lishi mumkin emas!
— Nega yolg‘on deb o‘ylaysiz?
— Unaqada boja bo‘lishimiz kerak edi-da.
Avtotest bitiruvchisi, chiroyli bir qiz kasalxonada:
— Ayting-chi doktor, ahvoli qalay?
— Juda yomon. Yuragi infarkt bo‘lgan. Qo‘l va oyoqlari singan. Agar gapingiz bo‘lsa, ayting! Men yetkazib qo‘yaman.
— Unda so‘rangchi, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o‘tibmanmi?
2ta GAI xodimi radar bilan yo‘l chekkasida turibdi.
Bir mashina katta tezlikda uchirib kelayotgan ekan.
— Tezligi necha ekan? - deca
Sherigi:
— 50 000 so‘m.
— Nima bilan shug‘ullanasiz?
— Men ayni damda odamlarni hayotdagi o‘rnini topishga yordam beraman.
— Ruhshunosmisiz?
— Yo‘q, taksi haydovchisiman!