Kaltafahmlar haqida latifalar

Qari bemor vrachga uchradi. U bemorga dori yozib berib tayinladi:
— Mana bu hamma dorilarni har kuni uch mahal ovqatdan keyin bir hafta davomida ichasiz.
— Nimalar deyapsiz, doktor?! Buncha ovqatni qayerdan topaman?
Do‘konga kirgan qaysar xaridor yangi ish boshlagan sotuvchi qizga debdi:
— Xizmat ko‘rsatishingiz juda-yam yomon! Men so‘ragan buyumlarni hattoki turgan joyini ham bilmaysiz. Mahsulotlar pala-partish taxlangan, umuman tartib yo‘q...!
Qo‘rqib ketgan yosh sotuvchi yig‘lab yuboray deb tursa, boyagi xaridor yana baland ovozda:
— Sizda o‘zi insof bormi? - desa, sotuvchi qiz shoshilib:
— Bor-bor, bo‘lishi kerak! Hozir topib beraman...! - dermish.
Barmen oldida bo‘sh stakan turgan, shirakayf mijozning oldiga kelib:
— Stakaningiz bo‘shab qolibdi. Yana bitta xohlaysizmi?
— Ikkita bo‘sh stakanni nima qilaman?
Bir hayolparast yerga qarab, hayol surib ketayotsa, boshi qars etib simyog‘ochga urilibdi. Qarasa, simyog‘ochga shunday deb yozib qo‘yilgan ekan:
"Simyog‘och tepasidagi tugunda bir million pul bor. Olsang, seniki! Agar ololmay, yiqilib tushsang, ovozing ayol kishini ovoziga aylanib qoladi.
Hayolparast kishi ololmay yiqilib tushibdi-yu, rostdan ham ovozi ayol kishinikiga o‘xshab qolibdi.
Hafa bo‘lib tursa, nariroqda bir erkak kelib qiz bolani tovushida:
— Ololmasangiz, nima qilardingiz chiqib? - dermish.
Bir kuni yosh yigit ko‘chada ko‘zgu topib olibdi. Unda o‘zini aksini ko‘rib:
— Men bilan urishasanmi? To‘xtab tur, unda hozir krasofkamni kiyib kelay, - deb ketibdi.
Qaytib kelgunicha ko‘zguni mashina bosib, maydalab ketibdi. Shunda yigit:
— Nomard, bir kishiga nechtang urishansanlar, - dermish.
Doktordan so‘rashibdi:
— Qaysi kasal yaxshi deb o‘ylaysiz?
— Skleroz
— Nimaga?
— Chunki bu kasalni xech qayeri og‘rimaydi va yana har kuni yangilikka boy bo‘ladi.
Eri jahl bilan ZAGS qog‘ozini o‘qib o‘tirsa,
Xotini:
— Voy, jonim nima qivossiz? ZAGS qog‘oziga buncha termulib qoldiz, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Amal qilish muddatini qidirayaman, - dermish.
Rossiyalik olimlar Sibirdagi chanalarga itlarni bog‘lab harakatlanuvchi odamlarni sinab ko‘rish maqsadida, ularga Kamaz berishibdi.
Oradan bir yil o‘tgach, olimlar natijani bilish uchun Sibirga qaytishibdi. Olimlar:
— Ho‘sh, sizlarga bergan mashinamiz yoqdimi? – deb so‘rashsa,
haligi odamlar:
— Ha. Faqat itlarimiz tortishga qiynalishyapti-da... – deyishibdi.
Bir odam qo‘lida bir xalta kir yuvish kukuniga qarab, so‘kinib ketayotsa, qo‘shnisi hayron bo‘lib:
— Ha, qo‘shni nima bo‘ldi? - debdi.
So‘kinib ketayotgan odam:
— Ey, ko‘rmaysizmi qo‘shni, mana bu poroshokka "100 gr besplatno" deb yozib qo‘yishibdi. Sotib olib uyda ochib qarasam, ichida faqat poroshok xolos! Do‘konga qaytaraman!
Bir yigit sevgan qiziga:
— Agar qo‘limda nechta mandarin borligini topsangiz, ikkalasini ham sizga beraman, dermish.