Kaltafahmlar haqida latifalar

Ikkita gadoy kechada o‘tgan-ketganlardan sadaqa so‘rab o‘tirishgan ekan, bir yigit yonlaridan ularga salom berib o‘tibdi. Shunda gadoylardan biri ikkinchisiga:
— Yaxshi bola ekan, nega pul so‘ramading?
Ikkinchi gadoy esa:
— Ey, kaltafahm, agar puli bo‘lsa salom berarmidi...?!
Gumondor shaxs va tergovchi suhbatidan. Tergovchi:
— Bizga faqatgina jinoyat sodir etgan odam o‘qituvchi ekani ma’lum. Aytganday soat nechi bo‘ldi ekan?
Gumondor:
— Hali tanaffuzga ancha bor...!
Xo‘ja Nasriddin bo‘yoqchi edi. Bir mahmadona gazlama ko‘tarib kelib:
— Mana shu matoni dunyoda yo‘q rangga bo‘yab bering, - debdi.
Xo‘ja Nasriddin hayron bo‘lib:
— Qaysi rangga? – deb so‘rabdi.
— Qizil, qora, yashil, ko‘k, sariq ranglardan boshqasiga, xullas dunyoda yo‘q rangga bo‘yab bering. Xo‘ja Nasriddin gap nimadaligini darrov tushunib:
— Mayli, bajaramiz, - dedi.
Yigit:
— Qachon kelay? – deb so‘radi.
— Dunyoda yo‘q kuni keling: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanbadan boshqa – haftshanba kuni kelavering, - deb javob qildi.
Militsiyaga bir mast kishi qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Allo, bu militsiyami? Mening mototsiklimni rulini, benzin bakini, farasini o‘g‘irlab ketishibdi.
— Hozir yetib boramiz.
Birozdan so‘ng yana qo‘ng‘iroq qilib:
— Hammasi joyida ekan. Men mototsiklimda teskari o‘tirib olibman.
Xasis er xotiniga dedi:
— Xotin, bilasanmi?, gazetada yozishicha, bir martta yurakdan kulish, to‘rtta tuxumning quvvatini berarkan. Har kuni qozon osavermay, bolalarni kuldirib ham turish kerak!
Vokzalda turgan odam poyezdga kech qolib, ortidan yugurib ketayotsa, poyezddagi odamlar ustidan kulibdi. Shunda u:
— Men poyezdni quvib yuboryapman, - degan ekan.
Tasodifan tanishgan ikkita odam garov o‘ynabdi. Birinchisi:
— Hozir men o‘ng ko‘zimni tishlayman, sen menga ellik ming berasan, - debdi.
— Ko‘zingni-ya?, Tishlay olmaysan, - debdi ikkinchi odam.
U odamni ko‘zi protez ekan, shartta ko‘zini olibdi-da, tishlabdi.
Sherigi ellik ming berishga majbur bo‘libdi.
— Endi ikkinchi ko‘zimni ham tishlayman, - debdi haligi odam.
— Tishlay olmaysan! Ikkala ko‘z ham protez bo‘lishi mumkin emas, - desa,
— Meni tishlarim protez, - deb tishini joyidan olib, yana ellik minglik bo‘lib olgan ekan.
— Allo, bu 2000909mi?
— Yo‘q adashdiz!
— Unda nega go‘shakni ko‘tarding ahmoq.
Uch afandi yo‘lda ketayotgan ekan. Ularning biri kal, ikkinchisi cho‘loq, uchinchisi ko‘r bo‘ladi. Ularning oldidan bir "Ferrari" rusumli avtomobil o‘tib ketadi. Shunda kal:
— Oh, u mening sochimni prichyoskasini buzdi - debdi,
Cho‘loq:
— Bir sakrab yetib olaymi - debdi.
Ko‘r esa:
— Qo‘rqmanglar, nomerini eslab qoldim, militsiyaga beramiz - debdi.
Bir kishi har doim aroqni to‘qqizta piyolaga quyib, birinchi va to‘qqizinchisini olib qo‘yarkan. Qolganlarini esa ichib yuborarkan. Buning sababi nima ekanini undan so‘rashganida:
— Birinchisini ichish qiyin, to‘qqizinchisini ichsam mast bo‘lib qolaman, - dermish...