Kaltafahmlar haqida latifalar

Qorboboga xat:
— Salom qari to‘nka. Men seni necha yildan beri har yangi yil oqshomida kutardim. Mana bu yil ham kutdim, kelmading. Endi senga umuman ishonmayman. Hurmat bilan Abdusattor 47 yosh.
Pessimist qorong‘u tunnelni ko‘rdi.
Optimist tunnelni va uzoqdagi nurni ko‘rdi.
Realist tunnelni, nurni va yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rdi.
Mashinist esa relsda o‘tirgan uch ahmoqni ko‘rdi.
Bir yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Nega xotining bilan ajrashding?
Do‘sti:
— Xotinim ikki oydan beri "Siz meni sevmaysiz, meni sevmaysiz" deb gapiraverdi...
— Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi.
— Shu..., aytganidek bo‘ldi...!
Bir kuni ikki jinni gaplashib o‘tirishgan ekan. Biri o‘rnidan turib ketayotsa, ikkinchisi debdi:
— Qayerga ketyapsan?
— Suv ichishga.
— Meni o‘rnimga ham ichib kel, - debdi birinchi jinni.
Ikkinchi jinni suv ichib, o‘zidan-o‘zi kulib qaytayotganmish.
— Nimaga kulyapsan, - desa, jinni:
— O‘zimning o‘rnimga krandan suv ichdim. Sening o‘rningga esa ariqdan, - dermish.
Tergovchi so‘roq qilinayotgan kishidan so‘rabdi:
— Faqatgina o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgan narsalarni ayting! Demak, tug‘ilgan sanangiz?
— Bilmayman, o‘rtoq tergovchi. Buni men ko‘zlarim bilan ko‘rmaganman!
Bir kuni uchta fil mashinada ketayotishsa, bitta chumoli to‘xtatib:
— Meni-yam olib ketinglar, - desa, fillar:
— Joy yo‘q, - dermish.
Marshrutkada ketayotgan yo‘lovchilardan biri haydovchiga debdi:
— Ana shu to‘xtab turgan Matizni orqasida to‘xtatib yuboring!
Shu zahoti Matiz yura boshlabdi. Marshrut haydovchisi yo‘lovchiga qarab:
— Matizni ortidan quvlayveraymi? – dermish.
Ikkita kishi quruvchilar kiyimida avtosalonga kirib kelib, Bentli avtomobilini narxini surishtira boshlashibdi. Pullari yetmasligini aytib, bir-biri bilan tortisha boshlashibdi.
Quruvchilarga oddiyroq, arzonroq avtomobilni tavsiya qilmoqchi bo‘lgan avtosalon xodimi:
— Pulingiz kamroq bo‘lsa, balki arzonroq mashina olib turarsizlar?! - desa, quruvchilardan biri asabiylashib:
— Biz tepadan tushirib yuborgan shlakoblok aynan, Bentlini ustiga tushib ketdi-da...! - dermish.
35 yoshga kirgan bo‘ydoq yigitdan so‘rashibdi:
— Nega uylanmagansiz?
— O‘zimga mos ideal qiz izlab yurgandim, nihoyat topdim!
— Endi uylanasizmi?
— Yo‘q
— Nega?
— U ham ideal yigitni izlayotgan ekan
— Kecha e’lon bergandim: "O‘zimga turmush o‘rtoq qidiryapman" deb.
— Xo‘sh nima bo‘ldi?
— Bugun bir qop xat keldi. Hammasida bir xil yozuv: "Meni erimni olib keting!" degan.