Kaltafahmlar haqida latifalar

Ikkita shisha yigʻuvchi daydi axlatxonada shisha yigʻib yurib, olov chiqqanini sezib qolishibdi. Birinchisi:
— Qara, axlatxona yonayapti, - desa, ikkinchisi:
— Hayriyat-yey, bugun issiq ovqat yer ekanmiz, - dermish.
Qamoqxonaga yangi mahbusni olib kelishdi. Uni nohaq qamashgani uchunmi, o‘zidan o‘zi siqilib, qulog‘ini kesib derazadan otibdi.
Yonidagi bangi hayron.
Yana nohaqlikka chidolmay, ikinchi qulog‘ini ham kesib derazadan otibdi.
Bangi yana hayron.
Mahbus oxiri chidolmay, burnini, sochini, hatto barmoqlarini kesib derazadan otgan ekan...
Yonidagi bangi:
— Aaaaa, aferist-eey, sekin-sekin qochib ketyapsanmi, - dermish.
Ikki aroqxo‘r aroq olgani do‘konga kirishibdi. Biri ikkinchisiga:
— Ikkita olaymi yoki bittami, - debdi.
Ikkinchisi:
— Bitta olaqol. Kecha bittasi qolib achib ketdi, - debdi.
Shunda birinchisi sotuvchiga:
— Bizaga 2ta aroq bilan bitta qurt bering, - debdi.
Bir yigit shifokor oldiga kelibdi. Shifokor:
— Xo‘sh, shikoyatingiz?
— Hech nima...
— Biror joyingiz og‘riyaptimi?
— Yo‘q!
— Unda nima maqsadda keldingiz?
— Shunchaki o‘zim...
— Tushunishimcha sog‘lig‘ingiz to‘g‘risida bilmoqchisiz?
— Yo‘g‘e-e-e! Ertalab televizorni qo‘ysam, profilaktika deb yozilgan ekan, shunga aylanib kelgandim...
Bir kuni uch tajribasiz ovchi ovga chiqishibdi. Katta kavak oldiga kelib to‘xtashibdi.
— Bu nimani ini, - debdi birinchisi.
— Bu quyonni ini, - debdi sherigi.
Kavakni ro‘parasida yotib olib kutishibdi. Quyon chiqishi bilan otishibdi.
Yana ketaverishibdi. Yo‘lda katta kavak chiqibdi. Bu safar juda-yam katta emish.
— Bu qaysi hayvonning ini, - so‘rabdi biri.
— Bilmadim. Ammo ro‘parasida yotib olib, kutamiz. Chiqishi bilan otamiz, - deyishibdi.
Ertasiga gazetada xabar chiqibdi: "Uch havaskor ovchini poyezd bosib ketdi".
Yarim kechada uchta mast kishi temir yo‘ldan ketisharkan, biri dedi:
— Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?
— Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, dedi ikkinchisi.
Uchinchisi yengil tin olib:
— Hechqisi yo‘q, ana lift kelyapti, - dermish.
— Sen tentaksan!
— Nima deding? Qaytar-chi!
— Sen tentaksan!
— Yana bir qaytar!
— Sen tentaksan deyapman.
— Tentak odamni buyruqlarini bajaryapsan-ku! O‘zing kim bo‘lasan unda?!
Vokzal oshxonasida ikki erkak choy ichib o‘tirishsa, mikrofondan e’lon eshitilibdi: “Diqqat! Poyezd jo‘nab ketmoqda!”
Sherigi narigisiga qarab:
— Iye, poyezdimiz ketib qolyapti, tur!!! – desa, ikkinchisi xotirjam choyini xo‘plab:
— Bilet bizda-ku, qayerga ketardi?! – dermish.
Bir kuni hindular qabilasi boshlig‘i qabiladoshlariga yadro quroli yasashni buyuribdi. Qabiladagilar darhol bitta katta daraxtni yiqitib, ichini o‘yib, porox bilan to‘ldirishibdi. Chetiga pilik ham o‘rnatishibdi.
— Endi qaysi davlatga otamiz bu qurolni?, - debdi qabilaboshi.
— Amerikaga!, - debdi hamma.
Bir payt hindular pilikni yoqib yuborishgan ekan, hamma yoq portlab, to‘s-to‘polon boshlanib ketibdi. Shunda hindular boshlig‘i vayronalar orasidan:
— Bizda shunaqa bo‘lsa, Amerikada nima bo‘layotgan ekan?!, - deb baqirarmish.
Mebel magaziniga bir xaridor kelib, sotuvchiga kecha sizlardan olib ketgan stulni oyoqlari sindi, - desa, sotuvchi:
— Stulni ustiga birov o‘tirgandur-da?! - dermish.