Lof-yolgon haqida latifalar

Samolyot havoda daf’atan chalqanchasiga ag‘darilgan holda ucha boshladi. Styuardessa yo‘lovchilarni tinchlantiryapti:
— Hurmatli yo‘lovchilar, Qo‘rqmanglar!
Hozir uchuvchimiz burniga dori tomizib olsin, samolyotimiz asl holiga qaytadi!
Bir yigitni uylantirishibdi. To‘yda hammaga osh berishibdi-yu, kuyovga osh yetmay qolibdi.
To‘y tugagach, kuyov go‘shangaga kirmasdan, tashqarida xafa bo‘lib o‘tirgan ekan, dadasi:
— Ha o‘g‘lim, nimaga tashqarida o‘tiribsan, kelinni yoniga kirmaysanmi? - desa,
— Kirmayman, - deb baqiribdi.
— Nega kirmaysan, - desa, o‘g‘li:
— Osh yeganlar kiraqolsin, - dermish.
Eshmat "melisa" bozordan 10 ta qo‘y sotib olib toqqa cho‘ponga oborib:
— Mana 10 ta qo‘y, mana yem xashakga pul, mana bu xizmat xaqqingiz yaxshi qarasangiz yana qo‘shib beraman, - deb qo‘ylarni tashab ketibdi.
Bir yil vaqt o‘tib cho‘ponni oldiga kelib so‘rasa, 10 ta qo‘yni ko‘rsatibdi.
Eshmat "melisa": Men sizga 10 ta qo‘yni obkelib berganimga bir yil bo‘ldi, nahotki bittasi ham tug‘magan bo‘lsa, - desa.
Cho‘pon:
— Sizni militsiyaligingizni eshitib, bitta ham qo‘chqor qo‘ylaringizga yaqinlashmadi, - debdi.
— Aytishlaricha, ich ketganida sabzi yordam berarmish.
— Lekin, buni hatto qaysi yo‘l bilan yordam berishini tasavvur qilishni o‘zi ham meni daxshatga solmoqda.
Bir bola soqov ekan. Ota-onasi ko‘rsatmagan tabib-u, doktori qolmabdi. Hecham gapirmabdi. Oxiri ota-onasi gapirishidan umidini uzishibdi. Bir kuni ovqatlanib o‘tirishsa, soqov bola:
— Sho‘r ekan, - debdi.
Shunda onasi:
— Voy o‘g‘lim, gapirdingmi?! Yana bir qaytar...
— Sho‘r ekan ovqatingiz!
Ota-ona o‘zida yo‘q xursand...
— Sen bola gapirarkansan, nega bizni shuncha yil qiynading? Nimaga shu paytgacha indamading, - deyishsa, bola:
— Shu paytgacha ovqatingizni tuzi yaxshi edi-da, - dermish.
— Guli, yuzingga nima qildi? Huddi eri urgan xotinni yuziga o‘xshab qolibdi.
— Yashshamagur sigirimiz, shunaqa qilib qo‘ydi.
— Voy, yuzingga tepib yubordimi?
— Yo‘q, har kuni sog‘ayotganimda dumi bilan yuzimga uraverardi. Dumi qimirlamasin deb, g‘isht bog‘lab qo‘ygandim.
— Eshitishimcha siz sirkda sherlarni o‘ynatar ekansiz? Bir narsaga hayronman. Siz kichkinagina, nimjon va buning ustiga ozg‘in bo‘lsangiz.
Nega sherlar sizni yeb qo‘yishmaydi?
— Hamma gap shunda-da! Ular ham meni semirishimni kutishadi!
Afandi kimsasiz cho‘lda faqat xotini ikkalasi yashar ekanlar. Taqdir taqozasi bilan xotini tug‘adigan bo‘lib qolibdi. Kimsasiz cho‘l, qorong‘i tunda, naqd ming chakirim naridan bitta doya kampirni topib kelibdi.
Doya kampir ham Afandining uyida o‘zidan boshqa hech kim bo‘lmaganligi sababli qorong‘ida chiroqni qaratib turasan, - deb chiroqni unga tutkazibdi.
Afandi chiroqni qaratib turganmish, doya kampir tug‘dirayotganmish. Afandi chiroqni qaratib tursa, oldin bitta kalla chiqibdi, keyin ikkinchisi va uchinchi kalla ham ko‘rinayotganmish. Afandi shosha-pisha chiroqni "puf", deb o‘chiribdi.
Doya kampir hayron bo‘lib:
— Afandi, chiroqni nimaga o‘chirding, - deb so‘rabdi.
Afandi norozi bulib:
— E-e-e, onasini emsin. Chiroq qaratib tursang, bular yorug‘ga qarab chiqaverarkan, - dermish.
Poyezdda ketayotgan erkak chekish uchun yo‘lakka chiqibdi. Bir payt qarasa, poyezd relsdan chiqib, o‘rmon tomonga yurib va yana relsga qaytayotgan emish. Ko‘zlariga ishonmasdan mashinistni oldiga yugurib borib:
— Nima qilyapsiz?, - debdi haligi odam.
Mashinist esa:
— Poyezd relsida bir yigit o‘tirgan ekan. Shu yigitni quvladim, - debdi xotirjam.
— Xo‘sh, qochib ketdimi? - qiziqib so‘rabdi yo‘lovchi erkak.
— Yo‘q, o‘rmonga kirmasidan yetvoldim. Keyin ortimga qaytdim, - dermish mashinist.
Qiz:
— Jonim, meni uyqim kelyapti, ertak aytib bering!
Yigit:
— Men sizga uylanaman!