Oila haqida latifalar

Kechasi ichib kelgan er ertalab zo‘rg‘a boshini yostiqdan ko‘tarib baqiryapti:
— Eh qaynonama, shunaqayam odam bo‘lasizmi!
Bu gapni eshitgan xotini yugurib keldi:
— Tinchlikmi, onam sizga nima yomonlik qildilar?
— To‘g‘risiyamda! Qizlariga shunday ism tanlashganki, ertalab eslay olmayman!
Bir odam uzoq vaqt komada yotib, kasalxonada o‘ziga kelibdi.
Xotini:
— Xayriyat-ey, dadasi o‘zizga keldizmi, ahvoliz yaxshimi?
— Xotin men necha kun yotdim?
— Uch kecha-yu, uch kunduz yotdiz.
— Shuncha payt oldimdan ketmay yonimda o‘tirdingmi-a?
— Ha, dadasi boshqa qayerga ham boraman, sizi yonizda o‘tirmasam xotin bo‘lib nima qilib yuribman?!
— Hamma og‘ir damlarda yonimda bo‘lding, esingdami yaxshigina ishimdan bo‘shatishganda ham menga dalda berganding, meni dushmanlarim kaltaklab ketganda ham yonimda turding, biznesim bankrot bo‘lganda ham hech qayerga ketmading, sog‘ligim yomonlashganda ham uzoqlashmading, bilasanmi hozir men nima haqida o‘ylayabman?
— Nima haqida dadasi(mag‘rur yumshok ovozda)?
— Sen yonimda bo‘lsang, menga faqat baxtsizlik kelayabdi.
Yaqinda turmushga chiqqan qiz onasiga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Kuyovingiz bilan janjallashib qoldim…Dahshat, endi nima qilaman?
— O‘zingni bos qizim, yangi turmushda bunaqasi bo‘lib turadi!
— Buni-ku yaxshi bilaman oyi, murdani nima qilay?!
— Azizam, men bugun tush ko‘rdim. Tushimda hali bo‘ydoq emishman-u, sening qo‘lingni so‘rayotganmishman.
— Xo‘sh, shunga xursand bo‘lib uyg‘ondingizmi?
— Yo‘q... Sen rozi bo‘lmabsan.
— Oyijon, bitta tish yuvish vositasini surtib chiqsak, nechi metrgacha yetishi mumkin?
— Bilmadim qizalog‘im...
— Hammomdan oshxonagacha nechi metr chiqadi? Shuni bilsangiz bo‘ldi.
Hamma er-xotinlar urushib qolishsa ham, kun bo‘yi bir-biri haqida o‘ylab yuraverishadi:
— Erim ablah,...!
— Xotinim zahar...!
Xotin:
— Dadasi namuncha ko‘p ichasiz, nima bo‘ldi sizga, ilgari bunaqangi ko‘p ichmasdis.
Er:
— Xotin o‘zim uchun ichmayapman, do‘stlarimni sog‘ligi uchun ichyapman. Katta shaharda kar’era qilish uchun ko‘p ichmasang bo‘lmas ekan..
Xotin:
— Qani dadasi limmo-lim qilib, ikkalamiz birgalikda ichaylik.
Er rosa ichib, kayfda uyga keldi. Xotiniga mastligini bildirmayman deb harakat qilibdi. Xotin buni sezib gap boshladi:
— Dadasi rosa ichibsiz-a?
— Hechamda, bir gramm ham ichmadim.
— Byekorlarni aytibsiz, rosa ichgansiz!
— O‘lay agar ichmadim!
— Qani unda "Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish" dengchi!
— Qishda pishmish qishmasmish, pishmish qishsa pishmasmish... E bor-e, rosa bo‘kib ichdim.
Bir yoshli bolakayni onasi eridan so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsiz?
— Futbolga, - debdi eri.
— O‘g‘limizni ham o‘zingiz bilan olib keting!
— Nega?
— Ana qarang, baribir bu yerda, bekorga baqirib o‘tiribdi...!
Yaqindagina vrachlik diplomini olgan yosh olim adasini yoniga xursand kelib:
— Ada, siz necha yildan beri da’vo topa olmagan kasallikka da’vo topdim. Bemorlarni da’voladim, - desa, otasi ensasi qotib:
— Tentak, shu kasallik ortidan necha yildan beri sizlarni boqib kelayotgandim-ku...! - dermish.