Oila haqida latifalar

Xotin eriga dedi:
— Azizim so‘z bering! Menga xiyonat qilgan bo‘lsangiz ham, hech qachon bu haqda menga aytmaysiz!
— Xo‘p xotinjon, aytmayman!
Xotin jig‘ibiyron bo‘lib:
— Xiyonat qildingizmi hali???
— Azizam, yana arazlab onangnikiga ketayapsanmi? Dugonangnikida bir kecha qolib ketganim uchun mandan hafa bo‘ldingmi? Yigitchilikda bo‘lib turadi-da endi... O‘zing tushungan ayolsanku?
— Tushunaman, tushunaman. Man onamnikiga emas, bolta obkelishga ketyapman.
Bolakay yig‘lab oshxonaga oyisini oldiga bordi.
Oyisi:
— O‘g‘lim nima bo‘ldi, nega yig‘layapsan?
— Dadam bolg‘a bilan qo‘lini urib oldi.
— Shunga ham yig‘laydimi, axir bunga yig‘lash emas, kulish kerak-ku.
— Men ham kulgan edim-da.
Bir erkakni xotini kasal bo‘lib yotib qolibdi. Erini chaqirib:
— Agar o‘lib qolsam, nima qilasiz? — debdi.
— O‘lmay qolsang nima qilaman xotin? — dermish eri yig‘lamsirab.
Bola adasiga shikoyat qildi:
— Bilasizmi, dunyoda eng kechikadigan poyezd qaysi?
— Bilmadim bolam?!
— Siz 3 yildan beri menga olib bermoqchi bo‘lgan poyezd!
— Azizam, bugun tushlikka nima yeymiz?
— Hech vaqo!
— Huddi kechagidek-mi?
— Ha, kecha ikki kunligini pishirib qo‘ygandim.
Bir yigit do‘stiga debdi:
— Men xotinimni karate seksiyasiga berdim.
— Ho‘sh qalay?
— Yaxshi! Shug‘ullanyapti...
— Sen-chi?
— Men ham... Ovqat tayyorlashni, kirlarni yuvishni, uy tozalashni o‘rganib oldim...
Yarim kecha. Sobirjon ayoliga:
— Xotin, uyg‘on senda gapim bor.
Xotin:
— Eeey uxlasangizchi...
Er:
— Tursangchi!
Xotin:
— Yo‘q, meni uyqum kelyapti.
Sobirjon hafa, oshxonaga o‘tib, muzlatgichdan vinoni olib ochayotgandi, probka otilib chiqib Sobirjonning peshonasiga tegdi va hushidan ketdi.
Shunda 5 yoshli o‘g‘ilchasi onasini oldiga kelib dedi: 
— Oyi, bekorga lamatsa qildiz-de, dadam o‘zini otib qo‘ydi dermish.
Kuyov kelinni nikoh uyidan qo‘lida ko‘tarib chiqyapti.
— Jonim, endi biz er va xotinmiz to‘g‘rimi?
Kuyov:
— Ha
Kelin:
— Keling, unda boshizga chiqib olaqolay?
Bir kuni jurnalist futbolchidan so‘rabdi:
— Nega siz boshqa ish qilmaysiz yoki iste’foga chiqmaysiz? Yaxshi o‘ynay olmayapsiz-ku.
Futbolchi:
— Iye, unda oilamni kim boqadi?! Maydonda sal-pal yugurib, katta maosh olyapman..., - dermish.