Oʻqish-maktab haqida latifalar
Qarindoshlikning korrupsiyaga ta’siri qanday?
— Ahmedov, javob ber-chi!
— Bilmayman ustoz!
— O‘tir besh!
— Rahmat, ada.
— Aziz bolajonlar! Maktabda to‘polon qilish, baland ovozda gaplashish, odobsizlik qilish mumkin emas. Agar biror nima so‘ramoqchi bo‘lsangiz, qo‘lingizni ko‘tarib murojat qilinglar.
Shu zahoti bolalardan biri qo‘lini ko‘taribdi.
O‘qituvchisi:
— Nimani so‘ramoqchisan Alisher?, - debdi taajjublanib.
— Hech nimani. Shunchaki, tushuntirayotgan tizimingiz qanchalik aniq ishlashini tekshirib ko‘ryapman.
— «O‘g‘irlamoq» so‘zining o‘tgan zamoni qanday bo‘ladi?
— «O‘g‘irladi» bo‘ladi.
— Kelasi zamonichi?
— Qamoq-da!
— Endi men sizlarga Pifagorning ushbu nazariyasini isbotlab beraman. Orqa partada o‘tirgan Murod:
— Shart emas, ustoz. Biz sizga shundoq ishonamiz.
— Bolalar, hech qachon jonivorlarni o‘pmang! Bu turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Eshmat shunga misol keltir!
— Xolam, qachon qarasa to‘tiqushini o‘pib erkalardi.
— Keyin nima bo‘ldi?
— To‘tiqush aqldan ozdi.
— Domlajon, iltimos javob bersam maylimi? - deb so‘rabdi.
Domla:
— Mayli, javob ber, - debdi.
— Allo, dada? Nima gapla?...
«Men styuardessa bo‘lmoqchiman» degan qizdan o‘qituvchi so‘radi:
— Bu kasb haqida hech tasavvurga egamisan?
— Bo‘lmasam-chi! Styuardessa samolyotdagi yo‘lovchilarga ovqat va ichimliklar beradi. Agar birontasi o‘zini yomon his qilsa, uni darhol ochiq havoga olib chiqadi.
— Kim jinni bo‘lsa doskaga chiqsin, - debdi.
Shunda bir bola chiqibdi. O‘qituvchi so‘rabdi:
— Ha, jinniligini tan oldingmi?
Shunda bola:
— Yo‘q men ham sizga qo‘shilay, - debdi.
— Uztoz 7 yoshda ham ota bo‘lsa bo‘ladimi?
Ustozi:
— Yo‘q, buni iloji ham yo‘q!
Shunda bolakay joyiga o‘tirib yonidagi qizchaga:
— Ana, ko‘rdingmi, sen bo‘lsa havotirlanasan, - debdi.
— Shu o‘qituvchimizga ishongim kelmayapti-da. Kecha 5+5=10 deyayotgan edi, bugun esa 7+3=10, deyapti.