Oʻqish-maktab haqida latifalar
— Kino tugagandan keyin.
— Juda kech bo‘lib ketadi-ku?
— Oyijon, o‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi, deyishadi-ku!..
— Oyi, bugun direktorimiz mendan: Sen oilada bitta farzandmisan?, - deb so‘radi
— Ha sen bittasan. U nima dedi?
— Xudoga shukur, - dedi.
— Sarvar, yana to‘polon qilyapsanmi?
— Hamma to‘polon qilyapti-ku?
— Bugundan boshlab umuman ovozing chiqmasin!, - degan o‘qituvchi ertasiga Sarvarni doskaga chiqarib savol bersa:
— Men umuman gapirmayman-ku ustoz, - dermish o‘quvchi.
— Ha.
— Nimani so‘radi?
— Tentakmisan? dedi.
— Hasanboy, nega sen yozgan inshodagi xatolar partadoshing bilan bir xil?
O‘quvchi:
— Chunki, bizni o‘qituvchimiz bitta-da!
— Nega men seni kichkina tentak deb atayapman?
O‘quvchi:
— Chunki men hali sizga o‘xshab katta emasman-da!
— Birov senga olma bersa nima unga deysan?
— Olma yuvilganmi deyman, ustoz, - javob beribdi bola.
— Qani, Eshmatvoy menga aytchi, odamning qaysi tishi eng oxiri chiqadi?
— Tilla tishlari.
— Oyi, nima uchun har bir fandan alohida o‘qituvchi dars beradi?
— Chunki bitta o‘qituvchining o‘zi hamma fanni o‘rgata olmaydi-da, bolam.
— Unda qanaqa qilib bitta o‘quvchi hamma fanni o‘rgana oladi?