Oʻqish-maktab haqida latifalar

Maktab yonidan o‘tuvchi mashina yo‘li chekkasidagi yozuv:
"Ehtiyot bo‘ling! Bolalar! Urib yubormang!"
Ushbu yozuv tagida bolakaylarning egri-bugri yozuvi qo‘shimcha qilingan:
"Biroz kuting! O‘qituvchimiz chiqadilar!"
O‘quvchi:
— Ustoz, ahmoq odam qanaqa bo‘ladi?
O‘qituvchi:
— Ahmoq odamning gapirgan gapini hech kim tushunmaydi. Tushunding-a?
O‘quvchi:
— Yo‘q...
— Dada, siz qorong‘ida ham yoza olasizmi?
— O‘ylaymanki, yoza olaman.
— Unday bo‘lsa, chiroqni o‘chirib, kundaligimga qo‘l qo‘yib bering...
Ona o‘g‘lini kundaligini tekshira turib, mantiq fanidan “2” baho olganini ko‘rib debdi:
— Yana “2” olibsan. Bu safar kimni ayblamoqchisan?
Bola:
— Bilmadim oyijon, mantiq borasida naslimizni ayblasammikin yoki siznimi?
Birinchi sinf o‘quvchisiga onasi dars qildiryapti:
— Senda to‘rtta olma bor edi. Ikkitasini yeding. Nechta qoladi?
— Ikkita olma va ikkita olmaning po‘chog‘i, oyijon...!
Ota-onalar majlisida bir bolaning otasidan o‘qituvchi so‘rabdi:
— Maktabimiz uchun nima qilib bera olasiz?
Ota:
— Portalga yozib bera olaman!
Shundan keyin bu otani o‘g‘li maktabni bitirib ketguncha umuman majlislarga chaqirib bezovta qilishmabdi...!
Sinf xonasiga kirib kelgan o‘qituvchi sumkasidan bir narsani uzoq qidirib:
— Ko‘zoynagim uyda qolib ketibdi shekilli, - dedi asabiylashib.
Shunda 30 ta bola bir ovozdan:
— O‘ziz qolib ketmabsiz-de...! - dermish.
Bir bola otasiga maqtayapti:
— Ada, sinfdagi eng yalqov bola endi men emasman!
— Nega? Yaxshi o‘qiy boshladingmi?
— Yo‘q, bugun mendan ham yalqovroq bola keldi sinfimizga!
Gumondor shaxs va tergovchi suhbatidan. Tergovchi:
— Bizga faqatgina jinoyat sodir etgan odam o‘qituvchi ekani ma’lum. Aytganday soat nechi bo‘ldi ekan?
Gumondor:
— Hali tanaffuzga ancha bor...!
Botanika o‘qituvchisiga o‘quvchi savol beribdi:
— Daraxtlar yordamida shimol va janub tomonlarni qanday bilib olsa bo‘ladimi?
O‘qituvchi:
— Juda-yam oson-ku! Archa-shimol, palma esa janub.