Oʻqish-maktab haqida latifalar

Juda ziqna, qizg‘anchiq bolakaydan ustozi so‘rabdi:
— Senda 6 ta olma bor edi, yarmini o‘rtog‘ingga bersang, qancha olmang qoladi?
— Besh yarimta qoladi ustoz, - debdi bolakay.
O‘qituvchi Boltavoydan so‘rabdi:
— Katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Boltavoy javob beribdi:
— Ixtirochi bo‘laman. Bir knopkani bossa, hamma ishni bajaradigan robot ixtiro qilaman.
— Yaxshi, sen nima ixtiro qilasan Teshavoy.
Teshavoy uyqusirab javob beribdi:
— Men o‘sha knopkani bosadigan apparat ixtiro qilaman...
O‘quvchi Teshavoyga tanbeh beribdi:
— Har kuni besh baho olarding. Bugun uyga vazifani bajarmaganing uchun ikki qo‘yaman. Mana "2" senga. Teshavoy qizishib debdi:
— Ustoz, dadamga aytuvdim, uyga vazifani bajarmasangiz o‘qituvchimiz ikki qo‘yadi deb. Oyim uyda yo‘qligi uchun dadam uyga vazifani bajarolmadi.
Yosh o‘qituvchi maktab hovlisiga kirar ekan, to‘da bo‘lib yig‘ilishib turgan yuqori sinf o‘quvchi qizlariga kinoya qildi:
— Qanday farosatli qizlar-a...?! Dars o‘tmaydigan o‘qituvchilarga salom berishmaydi...
O‘qituvchi darsda:
— Kim faqatgina "4" va "5" baholarga o‘qisa jannatga, kimda-kim "3" va "2" baholarga o‘qisa do‘zzaga tushadi, - debdi o‘quvchilariga.
Shu payt orqa qatorda o‘tirgan bir o‘quvchi:
— Tirik qolishni ehtimoliyam bormi?, - debdi o‘rnidan turib.
Maktab o‘quvchisi Shokirdan so‘rashibdi:
— Shokirjon ayt-chi, Afrika uzoqmi, yaqinmi?
— Yaqin, - debdi Shokir.
— Nega unday deyapsan? - deyishsa, u:
— Yuqori sinfdagi negr bola maktabga har kuni velosipedda kelib-ketadi-yu?!
Maktabda o‘qib yurganimda dam olish kunlarini orziqib kutardim. Yakshanba — dam olardim.
Institutda o‘qigan paytimda menga baribir edi. Chunki faqat sessiya vaqtida o‘qirdim.
Hozir menga umuman farqi yo‘q. Chunki bir yilda 365 kun ishlayman.
O‘qituvchi o‘quvchisidan:
— Qani ayt-chi, quloqlar senga nima uchun kerak? – deb so‘rabdi.
O‘quvchi:
— Ko‘rish uchun, – debdi.
O‘qituvchi:
— Axir, ko‘rish uchun ko‘zlaring bor-ku? – desa,
o‘quvchi:
— Ha, lekin quloqlarim bo‘lmasa, qalpog‘im yuzimni berkitib qo‘yadi-da...- dermish.
Direktor bir o‘quvchiga maktab derazalarini bo‘yashni buyurgandi. Ikki soatdan so‘ng o‘quvchi direktordan so‘radi:
— Romlariniyam bo‘yaymi?
Rus tili darsida:
— Segodnya kakaya pogoda?
— Sovuq Mariya Petrovna, maylimi derazalarni yopsak?
— Po russkiy, pojaluysta!
— Ahmoq, tentak, maylimi okna zakrыt?