Ozbekona haqida latifalar

Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
— Choy damla, bor, — derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
— Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o‘xshab adabiyot, musiqa haqida gaplashamiz, — debdi.
Bu gap erini o‘yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
— Jonim "Otello"ni o‘qiganmisan?
— Yo‘q.
— Oxunjon Madaliyevni qo‘shiqlarini eshitganmisan?
— Kim u?
— Muhammad Yusufni birorta she’rini yodlaganmisan?
— Yo‘q, yodlamaganman.
— Chaykovskiyni biror bir simfoniyasini eshitganmisan?
— Yo‘q, eshitmaganman.
— Tur, unda choy damla...
Xotin eriga:
— Pulingiz bormi?
— Yo‘q, qolmadi.
— Agar topsam-chi?
— Sendan juda-yam minnatdor bo‘lardim!
— Aka, "Omadli uylanish" nima degani?
— Omadli uylanishmi? Bu zaharli ilonlar to‘la qopni ichiga qo‘lingni tiqib, zaharsiz ilonni topish degani!
Bir odam yo‘lda ketayotsa, osmondan ovoz etishilibdi:
— To‘xta, tepadan g‘isht tushyapti!
Haligi erkak to‘xtashi bilan, oldiga katta g‘isht kelib tushibdi. Yo‘lda ketishda davom etibdi. Ketayotsa, yana ovoz kelibdi:
— To‘xta, mashina kelyapti!
Darrov to‘xtabdi erkak. Shu payt oldidan katta tezlikda mashina o‘tib ketibdi.
— Sen o‘zi kimsan?, - deb so‘rabdi boyagi odam.
— Men seni haloskor farishtangman!
— Uylanishimdan oldin qayerda eding unda!!!
Er xotin suhbatidan:
— Qora shimim qani?
— Kecha yuvgandim, kichrayib qolibdi, ukamga berib yubordim!
— Ko‘k ko‘ylagim qayerda?
— Uni ham yuvgan edim, kichrayib qolibdi, ukamga berib yubordim!
— Undan ko‘ra meni yuvib kichraytirib, singlinga bervorsang bo‘lmaydimi?!
To‘ydan keyin kelin ma’yus ohangda:
— Har kuni ovqat pishiraman, kir yuvaman, supuraman, tozalayman, dazmollayman, ... O‘zimni ertakdagi Zumraddek his qilyapman, - desa, eri:
— Aytgandim-ku, myenga turmushga chiqsang, ertaklardagidek yashaysan deb, - dermish.
Er xotiniga dedi:
— Arzanda o‘g‘ling yana hamyonimdan pullarimni o‘maribdi!
— Nega endi u bo‘larkan? Balki men olgandirman ...
— Yo‘q, sen emas! Hamyonimda pullarimni yarmi qolib ketibdi.
Bemorni ko‘zdan kechirgan vrach uning xotinini bir chetga imlab chaqiribdi-da debdi:
— Negadir eringiz menga yoqmayapti...
Xotini unga:
— Menga ham yoqmaydi. Lekin nima qilay, juda ro‘zg‘orbop er-da!? – dermish.
Xotinining "Bo‘ldi, men uydan ketaman" degan gapiga hamma erkaklar har-xil javob qaytarisharkan.
Yangi uylanganlar: "Yo‘q, unday qilma! Kechir..." deyishadi.
Tajribalilar: Xotirjam turib, xotinining barcha gaplarini eshitadi.
O‘ta tajribalilar: Xafa, tushkun holatda: "Sen faqat va’da berishni bilasan...!" deyishadi.
Afandi kompartiya a’zosi bo‘libdi. Xotini so‘rabdi:
— Dadasi, men unchalik tushunmadim. Partiya a’zosi bo‘lib nima ish bilan shug‘ullanasiz?
— Agitatsiya va propaganda ishlari bilan-da!
— A, nima u? - tushunmay so‘radi xotini.
— Hmm, qanday tushuntirsam ekan... Faraz qil, ko‘chada bir chiroyli ayol ketyapti. Men borib, unga men bilan birga yurishga da’vat qilsam — bu agitatsiya, agar u ko‘nib, menga ergashsa — bu propaganda bo‘ladi. Tushundingmi?
— Sal tushunmagan joyim bor... Agar men ko‘chada ketayotsam, biror notanish erkak kelib, men bilan agitatsiya va propaganda ishlari olib bormoqchi bo‘lsa, men nima qilaman?, - deb so‘rabdi xotini.
Shunda Afandining achchig‘i kelib:
— Sen yaxshisi siyosatga aralashma, xotin!, - deb javob qilibdi....