Ozbekona haqida latifalar

Xotini ishdan kelsa, eri oshxonadan chiqib kelayotganmish:
— Onasi senga syurprizim bor! - debdi.
Xotini oshxonaga kirsa ovqatlar tayyor. Dasturxonlar bezatilgan ekan.
— Rahmat adasi. Bugun oilaviy dasturxon bezatib birga ovqatlanar ekanmiz-da, - deb xotini orqasiga o‘girilsa, eri qo‘lida bir shisha aroq bilan sekin ko‘chaga chiqib ketayotganmish.
Pepsi bilan Fanta urishib qolibdi.
Fanta jahl bilan Pepsiga "Koladan tarqagan!" dermish.
Turmushga chiqqan ayol dugonasiga debdi:
— Bilasanmi, nega ayollarni tishi kariyes bo‘lib mo‘rtlashar ekan?
— Nega? - debdi dugonasi.
— Erini bir zarbasidan tushib ketish uchun tishlar ham tayyor bo‘lib turarkan-de... - debdi ayol.
Xotin eriga:
— Shkafimizni qarang! 10 yillik eski matox! Yangisini olaylik!
— Xo‘p, olamiz.
Xotin yana eriga:
— Sovutgich ham eski.
— Yangisiga almashtiramiz.
Xotin davom etib:
— Televizor ham juda eski bo‘lib qolgan! Almashtirish kerak!
Eri:
— Xoy xotin! Sen o‘zingga bir qara! Sen ham nechi yilliksan? Men indamayapman-ku!
— O‘g‘lingizga yomon so‘zlarni kim o‘rgatyapti?
— Padaringga ming la’nat! Bilmiman kimdan o‘rganadi!
— Do‘stim, men bu yil albatta institutga kiraman!
— Nega buncha aniq gapiryapsan?
— Toza havoda miya yaxshi ishlaydi deyishadi-ku!
Xotin eriga:
— Azizim, 20 yildan beri menga biror martta ham bunaqa zo‘r kofe tayyorlamagansiz...
Er:
— Kofeni joyiga qo‘y! O‘zimga damladim!
— Ozish uchun faqat salat yeyapman.
— Salatni ichi go‘sht, mayonez va tuxumga to‘la-ku!
— Axir men salat yeyapman-ku!
30 yil ichida JEK faoliyatida katta o‘zgarishlar bo‘ldi.
Masalan, issiq suvni 1 haftaga o‘chirishlari to‘g‘risidagi e’lonni avvallari qo‘lda yozishar edi. Hozir kompyuterda yozib ilib qo‘yishmoqda.
— Mushugingni laqabi nima?
— Har doimgi laqabimi yoki kosamdagi go‘shtni o‘g‘irlab ketayotganida nima deb chaqirishimni aytaymi?