Ozbekona haqida latifalar

Kampir:
— Chol, nimani o‘ylayapsiz?
Chol:
— Sen o‘ylayotgan narsani.
Kampir:
— O‘ling-yey, uyatsiz!
Agar siz Toshkentda yashasangiz-u, qo‘li va ko‘ngli ochiq inson bo‘lsangiz, desak sizni uyingizdan uzoq muddatli mehmonlar arimaydi!
Xodimlar bo‘limidagi "navbatchi" gaplar:
1. Hujjatlaringiz o‘rganib chiqilyapti.
2. Suhbatga tayyorlanib turing. Chaqiramiz.
3. O‘zimiz siz bilan bog‘lanamiz.
Bir sigirni yonidan eshak turtib o‘tib ketibdi. Shunda sigir eshakka "E, molga o‘xshamay o‘l!" dermish.
— Ada, menga ham birorta yigit uylanarmikin?
— Uylanadi qizim! Onangdan so‘ra-chi, sehr-jodu qilib yigitlarni boshni aylantiradigan duo esidan chiqib ketmaganmikin?!
— Oyim shunday duoni biladilarmi?
— Albatta biladi. Shu paytgacha qanaqa qilib unga uylanganimni tushunolmayapman-ku!
Shogird ustozidan so‘radi:
—Ustoz, o‘zimdagi kamchiliklarni qanday bilib olsam bo‘ladi?
Ustoz javob berdi:
—Xotiningni birorta kamchiligini uni o‘ziga aytsang, nafaqat seni kamchiliklaring, balki butun urug‘-aymog‘ingni kamchiliklarini bilib olasan.
— Imtihonlar qalay bo‘ldi o‘g‘lim?
— Yaxshi ada. Narxlar oshib ketibdi.
2020 yil qanday o‘tib ketganini bilmay ham qoldik. Bir oydan keyin 2021 yil kirib keladi.
Shu bir oy ichida ko‘p pul ishlab topishim, uy, mashina olishim, uylanishim va farzandli ham bo‘lishga ulgurishim kerak.
Bu meni yil boshida rejalashtirgan ishlarim edi.
Rejali ish qildeb o‘rgatishar edi kattalar...

Elektrosetdagilarga qo‘ng‘iroq qilsak, TreylBleyzer haydab kelishyapti.

Ikkita eshak uchrashib qolibdi.
— Ishlaring yaxshimi?
— Yaxshi. O‘zingniki-chi?
— Xo‘jayinim o‘g‘lini har kuni so‘kadi. Xotinini va meni aralashtirmasdan so‘ksa bo‘ladi-ku!