Ozbekona haqida latifalar
— Bilasanmi, uch kundan beri xotinimni tushiga tumanimiz hokimi kirarmush.
— Xo‘sh? Sen nima qilding?
— Biror nima qilmoqchi edim, bugun meni tushimga mahallamiz raisi kirib "Bu ishga aralashmang" deb aytib ketdi.
Bir ayol hikoya qiladi:
— To‘rt yoshli qizim shkafni ochib, kiyimlarni titaveradi. Bugun uni qo‘rqitdim,
— Shkaf ichida yomon amaki bor, ochsang seni o‘g‘irlab ketadi, deb.
Kechki payt erim bilan ovqatlanib o‘tirsak qizim yugurib kelib:
— Oyi, oyi! Shkaf ichidagi amaki ketdimi? deb so‘rasa bo‘ladimi!
Erimga tushuntirgunimcha bo‘larim bo‘ldi!...
— Xo‘sh, menda qanday kasallik bor ekan?
— Sizda istagan kasallik: oddiy tumovdan tortib juda kam uchraydigan yurak nuqsoni ham bo‘lishi mumkin... Hammasi sizning moddiy ahvolingizga bog‘liq.
Erkak kishi xo‘p dedimi - demak xo‘p!
Erkak kishi yo‘q deb turib, keyin xo‘p deyishga majburmi - demak u uylangan.
Kim birinchi bo‘lib kashasini yeb qo‘ysa, o‘sha bolaga kasha yemaslikka ruxsat beriladi!
— Bir narsa iltimos qilsam maylimi? Paltoni uyga eltib berishganda, menikiga kirishdan oldin “adashib” qo‘shnimning eshigini taqillatishlarini xohlardim.
Nima uchun?
Qochib qolish uchun!
— Juda yaxshi.
— Rostanmi?
— Rostan! Yomonlasang, darrov bo‘shaysan.