Pul-boylik haqida latifalar

— Menga qara, og‘ayni, mendan yuz ming so‘m qarzing borligi esingdami?
— Esimda. Mana, qara yon daftarimga katta-katta harflar bilan yozib qo‘yibman.
— Ko‘rdim.
— Agar shunaqa eslataverib jig‘imga tegaversang, umuman o‘chirib tashlayman.
Odamni yoshi o‘tgan sayin xotirasi yomonlashar ekan. Kimni pullari qayerda saqlanishini bilsa ham, unutib qo‘yadi.
Keyin puldan qiynalib yuradi...
Bugun boshlig‘imni oldiga kirib, maoshim ikki baravar oshishini istayotganimni aytsam, u menga shunday dedi:
— Ko‘zguni yoniga pullaringni qo‘ygin-da sanab chiq! Aniq oshadi!
Boshliq xonasiga kirgan ishchiga rahbar debdi:
— Sizni arizangizni ko‘rib chiqdim. Maoshingizni oshirib bera olmayman!
Xodim asabiylashib:
— Oshirmasangiz-oshirmang! Faqat o‘z vaqtida oylik berishni o‘rganing!
Bir erkak har doim xizmat safaridan qaytishda xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam, men bir soatda boraman, - deb qo‘yarkan.
Bir safar eri qo‘ng‘iroq qilmasdan, to‘ppa-to‘g‘ri uyga kelaveribdi. Eshikni ochib kirsa, xotini jazmani bilan o‘tirgan emish.
Sekin oyoq uchida ko‘chaga chiqibdi-da, qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam men yetib keldim, hozir uyga kiraman, - debdi. Kirsa, uyda xotinidan boshqa hech kim yo‘q! Shunda haligi erkak chuqur ho‘rsinib:
— Ikki "sent"ni tejayman deb, oilam buzilib ketay dedi-ya, - degan ekan.
Yer osti o‘tish yo‘lida: folbin lo‘li va gitara chaluvchi musiqachi turishibdi. Odam kam, ikkisi ham zerikishmoqda.
Lo‘li:
— Menga qara, yigit, kel fol ochib qo‘yaman!
— Menda senga beradigan pul ham yo‘q...
— Men sen uchun tekinga fol ochaman!
— Unda mayli... deb gitarachi qo‘lini uzatibdi.
— Qo‘lingdagi chiziqlar taqdiringdagi ikki narsa — yaxshi va yomon holatdan xabar bermoqda. Xo‘sh, qaysinisidan boshlay?
— Yaxshisidan!
— O‘lganingdan keyin narigi dunyoda barcha davr va zamonlarning eng yaxshi mashshoqlaridan iborat eng katta simfonik orkestrida dirijyorlik qilasan.
— Bunaqasini hayolimga ham keltirmagan ekanman... Yomon yangilinging qanaqa?
— Ilk repetitsiya — ertaga belgilangan!
Bir bolakay do‘konga kelib sotuvchiga debdi:
— Kecha menga qaytim berishda 5000 mingga adashibsiz!
Jahli chiqqan sotuvchi bolakayga o‘dag‘aylab:
— Kecha shuni aytmaysanmi?! Endi kech bo‘ldi. Qayerdan olib beraman syenga 5000 ming pulingni?! - desa, bolakay orqasiga o‘girilib:
— Mayli, 5000 mingni sizga qaytarib bermoqchi edim-da..., - deb ketib qolibdi.
— Og‘ayni, sen chet ellarga tez-tez borib turasan. Aytchi, Parijga borib-kelish qanchaga tushadi?
— Agar xotining bilan borsang, taxminan bir yarim ming yevro ketadi. Agar yolg‘iz borsang, besh-olti ming yevrodan kam pul olma!
Chet ellik yirik tadbirkor homiylik qilmoqchi bo‘lgan korxonaga kelib, qiziqarli voqea aytib beribdi. Zalda o‘tirganlarni hammasi kulib yuborishibdi. Shunda badavlat tadbirkor tarjimonga:
— Qanday qilib aniq tarjima qila olding? Hamma rossa kulyapti? - desa, tarjimon dermish:
— Sizlarni homiyingiz latifa aytyapti, kulishingiz shart! - dedim xolos...
— Aytginchi do‘stim, pullarimni qayerda saqlasam bo‘ladi? Bankdami yoki uydami?
— Eh og‘ayni, meni cho‘ntaklarim xizmatingga tayyor!!!