Pul-boylik haqida latifalar

Dadasi meni sevasizmi?
— Pulim yo‘q.
— Men ko‘ngil uchun so‘rayabman, siz esa darrov boshqacha tushinasiz.
— Ha, sevaman, jonimdan ortiq.
— Bo‘ldi endi qizig‘i yo‘q puliz bo‘masa.
Uchta yigit parkda borardi. Oldinda esa bir chiroyli qiz mini yubkada ketayotgan edi. Orqadagi yigitlardan biri:
— Agar shu qiz bir kecha men bilan bo‘lsa, 50 000 berardim, - desa
Ikkinchi yigit:
— Nima deyapsan? Men 100 000 berardim, - debdi.
Shunda uchinchi yigit:
— Yo‘q, bunaqa chiroyli qizni kiyintirish, restoranga olib borish kerak, mashina olib berish kerak, - desa
Qiz orqasiga burilib:
— Uchinchi bo‘lib gapirganlaringiz qaysi biringiz?, - dermish.
Sudya ayblanuvchiga debdi:
— Siz odamlarni pichoq bilan qo‘rqitib, bitta mashina, ikkita qo‘l telefoni va besh million pulga ega chiqibsiz. O‘zingiz nima deya olasiz?
— O‘rtoq sudya siz bitta bolg‘acha bilan beshta mashinalik, to‘rtta uylik, ikkita dalahovlilik va yana yaxtalik bo‘ldingiz-ku, menga nima bo‘pti?!
Xotini o‘lganiga 3 yil bo‘lgan erkak zoomagazinga kirib sotuvchi qizga:
— Singlim meni xotinim o‘lganiga 3 yil bo‘ldi, 5 xonalik bankovskiy domda bitta o‘zim yashiyman, zerikib ketdim, bitta yaxshi zotdor mushuk bersez desa
Sotuvchi qiz:
— Miyayayayayauv, dermish
— Biznesimning omad kaliti - yulduzlarning yaxshi joylashganida, - debdi bir boy yigit.
— Qanaqa yulduzlarning joylashishi? - so‘rabdi do‘stlari xayron bo‘lib...
— Adamning yelkasidagi yulduzchalarni aytyapman! - degan ekan yigit.
Ikki talaba suhbatidan:
— Said kecha tog‘ang aqldan ozib qolib senga 10.000 AQSh dollari hadya qilibdi deb eshittim, shu rostmi?
— Ha, o‘rtoq rost...
— Unda menga 1000 AQSh dollari qarz berib tur?
— Hoy, o‘rtoq aqldan ozgan men emas, tog‘am!!!
Bir ayol pul topib olibdi, sanaychi deb qo‘liga tupursa pulga tegib ikki baravar ko‘payibdi, yana tupursa ko‘payib borarmish. Tupuraveribdi, tupuraveribdi. Bir payt qars etib qulogi ostiga shapaloq tushibdi. Qarasa eri o‘tirganimish:
— Hamma joyni tupurib rasvo qilding-ku, uyg‘on, padaringa la’nat!
Biror insonga 100 ming sovg‘a qilsang, sendan minnatdor bo‘ladi.
Lekin unga lotoreyada 1 million yutib olganingni aytgan zahoting, qovog‘i osilib qoladi...!
— Qo‘ysang-chi Aziz, nima qilasan uni?! Kichkinaligini qara!
— Boshimni qotirmasdan ber bu yoqqa oylikni!
— Toshmat, o‘lishingga bir baxya qolibdi deb eshitdim?
— Ha, tasavvur qilgin-a, Eshmat, butun hayotim ko‘z o‘ngimdan birma-bir o‘tdi... Shuning uchun qarzlarimni yigib chiqayapman, yana unutib yubormaslik uchun. O‘n besh yil ilgari olgan 10 ming so‘mni cho‘zib qo‘y-chi do‘st!