Pul-boylik haqida latifalar

“Har kuni qo‘limdan jaraq-jaraq pul arimasin!” deb duo qilavergan yigit avtobusga chiptachi bo‘lib ishga kiribdi.
Bir akaxon Damasda kirakashlik qilarkan. Yo‘l chetida odam olib tursa, bir yigit kelib haydovchiga debdi:
— Aka, meniyam olib keting, iltimos. Shoshilyapman, qolib ketmay!
— Oltita odam oldim. Yettinchini ololmayman. GAI xodimlari "peregruz" deb jarima yozishadi, - debdi haydovchi.
— Iltimos, 5000 beraman.
— Yo‘q!
— 50 000 beraman, - debdi yigit.
Bu gapni eshitgan haydovchi mashinadan tushib:
— Keling, o‘rnimga o‘tiring! Hech narsaga tegmang. Faqat rulni ushlab o‘tiring. Men mashinani itarib ketaman, - dermish.
Talaba bu — aholi qatlamining qimmat telefon tutuvchi, ammo hisobida mablag‘i yo‘q kishisidir.
Bir kuni podshoh vazirlarni yig‘ib debdi:
— Saltanatimda soliqlar kun sayin oshib borsa ham, xazinada pullar ko‘paymayapti!? Buning boisi nedir?
Yig‘ilganlar orasida dono bir vazir katta muz bo‘lagini olibdi-da, “Shohimga uzatib yuboringlar!” debdi.
Haligi muz bo‘lagi qo‘lma-qo‘l bo‘lib podshohga yetib kelguncha kichkina tomchiga aylanib qolibdi.
Shunda podshoh vazirning aqliga tahsinlar aytib, barcha qo‘l ostida ishlayotgan amaldorlarni va xazinaga keladigan pullarni qattiq nazoratga olgan ekan.
Ba’zi davlatlarda yashash qiyin emas, boylarni to‘ydirish qiyin bo‘lib qoldi...
Oltin baliq tutib olganimda “Hamisha pulga ko‘milib yuray”, deb tilak bildirgandim. Shundan beri inkassator bo‘lib ishlayapman. Maoshim ozligini aytmasa, tilagim to‘la amalga oshdi.
Yosh bo‘lsa ham haqiqatni biladi.
— Bolakay, sen katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?
— Katta bo‘lsam, katta bo‘lsam-chi... Albatta butun dunyoni aylanib chiqaman. Hamma davlatlarni ko‘rib, sayyohat qilib yuraman. Ko‘p mashinalarim, millionlab muxlislarim bo‘ladi. Hech qanday ish qilmasam ham katta oylikni olaveraman-olaveraman...
Men katta bo‘lsam – futbolchi bo‘laman!!!
Afandi eshagini sotib, kanal ochibdi. Kanaldan ancha pul ishlab, Kaptiva sotib olibdi.
Afandilarga omad!
Avtomobillar to‘xtash joyi men bir oyda ishlab topgan maosh pulimni deyarli bir soatda topishadi.
Qizni otasi yigit bilan uchrashib, bolani xunukligini ko‘rib debdi:
— E, qizimga hayronman. Seni nimang yoqdi ekan unga?!
Yigit:
— Plastik kartochkamni ko‘rsatganim ma’qulmi yoki naqd puldami? – dermish.