Pul-boylik haqida latifalar

— Jek, sevgiling sening millioner­ning nabirasi ekan­ligingni bilgach, sen­dan voz kechgani juda g‘alati-ya.
— Nimasi g‘alati? Endi u menga buvi bo‘ldi.
Erta tongda bozorga jo‘nagan eridan xotini so‘rabdi:
— Ha, qayoqqa yo‘l oldingiz?
— Bozordan ot sotib olaman, - debdi eri.
— Xudo xohlasa deng adasi! – debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Pulim bor. Bozorga ketyapman. Xudo xohlasa ham, xohlamasa ham aniq ot olaman, - deb bozorga ketibdi.
Bozorda yurib-yurib bir otni tanlabdi-da, cho‘ntagiga qo‘lini solsa, pullar yo‘q emish.
Uyga bo‘sh qaytgan eridan xotini:
— Ot qani adasi? – deb so‘rasa, eri:
— Xudo xohlasa kisavurlar o‘g‘irlab ketishdi, - dermish.
Bir qizcha yo‘l bo‘yida yig‘lab o‘tirgan ekan.
Bir kishi kelib:
— Nega yig‘layapsan, - deb so‘rabdi
Qizcha "1000 so‘m pulini yo‘qotib qo‘yganini", aytibdi.
Haligi kishi qizchaga 1000 so‘m beribdi.
Qizcha yana ham qattiqroq yig‘labdi.
— Yana nega yig‘layapsan, - deb so‘rasa
Qizcha:
— Yo‘qotmaganimda 2000 so‘m bo‘lardi, - dermish.
Qamoqxonada:
— Ozodlikda kasbing nima bo‘lgan og‘ayni?
— Talaba edim.
— Nega "o‘tirding?"
— Kvant fizikasi fanidan darsni qoldirganim uchun...
— Ol-a!
Bunaqasi bo‘lishi mumkin emas!
— O‘sha kuni bankni o‘margan edim...
— Abduraim nimaga buncha xursandsan?
— Ee, oshna lo‘lilardan 50 dollarga barmog‘imday keladigan tilla tross oldim. Esingdami qalbaki 100 dollarni axlatdan topib olgandim?
O‘sha 100 dollarni bergandim, 50 dollar qaytim ham qaytarishdi. Boplabmanmi?
— Iye, bu tillamas-ku, ko‘p xursand bo‘laverma.
— Nega xursand bo‘lmay, axir lo‘lilar qaytimga bergan 50 dollar toza ekan, tekshirtirdim oshna.
Kitob do‘konida:
— Kecha men sizlardan “Millioner bo‘lish sirlari” degan kitobni sotib olgan edim.
— Ho‘sh?
— Kitobning deyarli yarmi yo‘q ekan.
— Nima, sizga yarim million yetmaydimi?
Uzoq vaqt ko‘rishmagan ikkita o‘rtoq ko‘rishib qolibdi:
— Qalaysan do‘stim? Nima ish qilyapsan?
— Biznes. O‘zing-chi?
— Meni ham biznesim bor. Senda nima biznesi?
— Shahar markazida restoranim bor. Kunduzi besh-oltita, kechasi sal ko‘proq mijoz kiradi. Senda-chi?
— Menda tumonot odam navbatda turadi. Kelajakda yana kengaytirishni o‘ylab turibman.
— Havasim kelyapti? Biznesing kattami?
— Juda katta. 2 ta bozorning o‘rtasida somsaxona ochganman!
Do‘konda sotuvchi xaridor uzatgan pullarga qarab:
— Siz bu pullarga hech narsa sotib ololmaysiz. Axir bu pullaringiz soxta-ku! – desa, xaridor:
— Men bu pullarni maydalamoqchiman xolos! Hech narsa sotib olmayman! – degan ekan.
Bankomat oldida:⠀
— Qizim hozir plastikdan pul yechamiz va senga shokolad olib beraman, - debdi onasi.
— Oyijon, buni ichida dadam bormilar? – dermish qizi.
Xodim va rahbar:
— Siz o‘z vazifalaringizni juda yaxshi bajarayapsiz. Oshirishning vaqti keldi menimcha...
— Nimani? Maoshimnimi?
— Yo‘q, ish hajmini!