Pul-boylik haqida latifalar

Ishdan g‘amgin qaytgan eridan xotini so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi?
— Bilasanmi, bugun qanaqa kun? – debdi eri.
— Yo‘q, - hayron bo‘lib javob beribdi xotin.
— Bundan 20 yil avval, maktabda o‘qib yurgan paytlarimiz... Ikkalamiz otangni qimmatbaho mashinasini haydab ketib, urib olganmiz. Pachoq bo‘lgan mashinasini ko‘rgan otang “yoki mashinamni pulini har oyda falon so‘mdan to‘lab borasan yoki shu qizimga uylanasan” degandilar... – debdi eri.
Xotini yana tushunmay:
— Ho‘sh, nima bo‘pti. Nega shu voqeani bugun eslayapsiz? – desa, eri afsus bilan:
— Agar o‘shanda otangni birinchi shartiga rozi bo‘lganimda, bugun mashinani puli to‘lab qutulgan bo‘lardim! – dermish.
Xotin erini do‘konga jo‘natayotib tayinlabdi:
— 1 ta buxanka non olingda, tuxumni so‘rang. Bor bo‘lsa, 10 ta oling!
Eri do‘konga kirib sotuvchiga debdi:
— 1 ta buxanka bering. Tuxum bormi?
— Bor, - debdi sotuvchi.
— Unda 10 ta buxanka berasiz, - dermish eri.
Choyxonada erkaklar suhbatlashib o‘tirgan ekan, ulardan biri debdi:
— Mana sizlar, maoshingizdan qanchasini xotinga berasizlar?
Birinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 2 metrlik aylana chizamanda, pullarimni tyepaga otaman. Aylanani ichiga tushgani meniki, tashqariga tushgan pullar xotinimga bo‘ladi.
Ikkinchi erkak debdi:
— Men atrofimga 3 metrlik aylana chizaman. Pullarimni tepaga otaman. Aylanani ichiga sochilib tushganini xotinim terib oladi, tashqariga tushgan pullarni esa men olaman.
Uchinchi erkak kulib:
— Men hech narsa chizib o‘tirmayman! Pullarni shundoq havoga otaman. Xotinim havoda nechtasini ushlab ulgursa o‘shani oladi. Yerga tushgani hammasi o‘zimniki! - degan ekan.
Badavlat odam uyga qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Senga 2 ta yangiligim bor. Biri-yaxshi, ikkinchisi yomon!
— Mayli, yomonidan boshlayvering! – debdi xotini.
— Bugun kozinoda o‘ynab, bor boyliklarimni yutqazib qo‘ydim. Yaxshi yangiligimni eshit! O‘sha kozinoni o‘zi menga tegishli bo‘lib chiqdi...
Ko‘chada ketayotgan yigitni oldidan bir lo‘li chiqib:
— Ako keling, bir fol ko‘ray! Agar yaxshi xabar aytsam, 2000 so‘m berasiz. Yomon xabar aytsam, 1000 so‘m, - debdi.
Yigit rozi bo‘lib, qo‘lini uzatibdi.
Lo‘li yigitni kaftiga qarab:
— Xotiningiz homilador ekan. Yaqinda egizak o‘g‘illaringiz bo‘ladi, - desa,
Yigit xursand bo‘lib, 2000 uzatibdi.
Lo‘li 1000 so‘mni qaytib berib:
— Shoshmang ako, oxirigacha eshiting. Bolalarni otasi siz emassiz..., - dermish.
Er-xotin do‘kon aylanib yursa, xotini erini yoniga chaqirib:
— Manavi ko‘ylakni qarang, chiroyli ekan-a? – debdi:
Eri:
— Ha, chiroyli ekan. Nega ko‘ylakka telefon raqamini yopishtirib qo‘yishgan? – deb so‘rabdi.
Xotini:
— Bu telefon raqami emas, ko‘ylakni narxi... – dermish.
Bir yigit uylanibdi. Chimildiqqa kirgandan so‘ng, xotiniga qarab:
— Bu uy endi seniki ham, hamma narsaga teginishing va ishlatishing mumkin. Faqat bitta anavi sandiqqa tegmaysan. Teginsang kechirmayman seni, - debdi.
Xotini xo‘p deb 20 yil teginmabdi. Oxiri sabri chidamay sandiqchani ochibdi.
Qarasa 500000 ming so‘m pul bilan uch dona tuxum bor ekan. Eri kelgandan keyin so‘rabdi.
— Ha, mayli ochibsanda oxiri. Gap shundaki qachon senga hiyonat qilsam sandiqchaga bitta tuxum qo‘yar edim, - desa
Xotini:
— Ha, 20 yil ichida uchta hiyonatni kechirish mumkin. 500000 ming so‘m pul qanday keldi? - desa..
Er:
— Bilasanmi asalim tuxumlar ko‘payib ketgandan so‘ng sotishga to‘g‘ri keldi, - dermish
Juhud yaqin do‘stiga dedi:
— Fima, iltimos, sendan qarz olganimni xotinimga aytib qo‘ymagin!
— Aytmayman. Lekin menam sendan bir narsani iltimos qilmoqchiydim.
— Nimani?
— Senga qarz berganimni xotinimga aytib qo‘ymagin!
Ishga shoshilib chiqib ketayotgan erini xotini to‘xtatibdi:
— To‘xtang-chi adasi. Hech narsani unutmadingizmi? – debdi har kuni ishga ketishdan avval bolalari bilan hayrlashib ketishi kerakligini eriga eslatmoqchi bo‘lib...
Eri shoshib-hovliqib cho‘ntagini kavlabdi-da 10 ming chiqarib, xotiniga berib “Boshqa yo‘q, ushla! Bori shu!” deb yugurib chiqib ketavergan ekan..
Xotin eridan so‘rabdi:
— Oylik oldingizmi adasi?
Eri kesatishli ohangda:
— Bugunmas! Charchadim! - dermish.