Pul-boylik haqida latifalar

Uylanmagan yigitlar diqqatiga:
Shoshiling! Onlayn to‘y qilish faqat shu kunlarda amalga oshirilmoqda!
Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda tugashini eshitib qoldim.
Endi sinf remonti uchun pulni nima qilishadi...?
Psixoterapevt bemoriga:
— Bir-ikki kunda sizga javob beramiz. Siz to‘liq sog‘aydingiz. Asosiysi, insonlarga "Yo‘q" degan javobni berishni o‘rgandingiz.
— Rahmat doktor.
— Kasalxona uchun pulni plastikda to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Naqd to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Tushunmadim. O‘zi pulni to‘lash niyatingiz bormi?
— Yo‘q!
Sarflagan pullarimni yon daftarchamga yozib borishga odatlanganman:
10 ming so‘m yo‘l haqqi.
20 ming tushlikka.
150 ming eslay olmayman.
Amerikalik milliarder Izraildagi mashhur advokatga SMS xabar yozibdi.
Meni odam o‘ldirganlikda ayblashayapti. Agar sudda yutib chiqsang 10 million dollar beraman, - desa, 2 minutdan keyin javob kelibdi:
— Uchta guvoh bilan yo‘lga chiqyapman.
Bir kishi ko‘chadan tovuq o‘g‘irlab kelib o‘g‘liga debdi:
— Mana shu tovuqni bozorga olib borib sotib kel.
O‘g‘li ham tovuqni bozorga olib borib yo‘qotib qo‘yibdi.
Uyga qaytib kelsa:
— Tovuqni necha pulga sotding? - debdi otasi.
— O‘zini narxiga berib yubordim ota, - debdi bolasi.
Bir bola kompyuter o‘yinlari xonasiga kirib:
— 1 soati nechi pul bo‘ladi? - debdi.
U yerda o‘tirgan odam:
— 7000 bo‘ladi, - desa, bola:
— Minuti nechi pul? - debdi.

Bir motivatsion spiker hamkasbidan so‘rabdi:
— Qanday qilib daromadni ko‘paytirish mumkin?
Hamkasbi debdi:
— Istasang gapirib beraman.
— Yo‘q, gapirib berishni o‘zim ham bilaman. Sen aniq ko‘paytirish usulini o‘rgat!

Bir odamni yoniga gadoy kelib pul so‘rabdi:
— Akajon pul bering. Avtobusga ham pulim yo‘q...
Haligi odam gadoyga pul bersa, gadoy pulni olib to‘g‘ri barga kirib ketibdi.
Ortidan kirib:
— Avtobusga pulim yo‘q deding. Pul berdim. Nega aroq ichgani o‘tirib olding? - desa, gadoy:
— Shu aroqni ichsam avtobusda ham tekinga ketaman-da aka. Sizni aldaganim yo‘q, - debdi.
Institutda guruh sardori talabalarga stipendiya tarqatmoqda:
— Azimov.
— Men.
— Mana stipendiya, ol.
— Botirov.
— Men.
— Mana seni stipendiya.
— ...
Shunaqa qilib familiyalarni o‘qib kelaveribdi-da, oxiriga kelganda:
— Jami. Jami kim??? - desa, hech kim indamasmish.
— Yo‘qmi jami? Essiz 3 million puli bor edi-da, - dermish.