Pul-boylik haqida latifalar

— Sog‘liqlaringiz yaxshimi?
— Juda yaxshi. Menda virus yo‘q!
— Moliyaviy ahvolingiz-chi?
— Undanam yaxshi. Menda pul aniq yo‘q!

Aql - pulga o‘xshaydi.
Puling ko‘paygani sari hamma seni aqlli sanay boshlaydi.
— Botir, sen bugunni o‘zida ikkita qopni yo‘qotding!
— Axir men ishlayapman-ku! Ish bor joyda kamchiliklar bo‘ladi-da!
— Botir! Sen inkasatorsan!!!
Bir kuni er ko‘chadan xovliqib kelib:
— Xotin kiyimlaringni kiy! Men katta pul topib oldim! Endi millionerman! - desa, xotini:
— Hozir adasi, chiroyli kiyimlarimni kiyib chiqaman. Aylanishga boramizmi? - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Nimani kiysang kiy! Oyingni uyiga ketasan! - degan ekan.
— Oylik maoshing kattami?
— Ha. Ko‘p maosh olaman. Hamma soliqlarni to‘lashimga yetadi.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan.
O‘sha narsa pul ekan.
Bozorda ishbilarmon odam tarvuz sotayotgan ekan.
Uni ishbilarmonligini qarang! 1 ta tarvuz 3 ming, 3 ta tarvuz 10 ming deb yozib qo‘yibdi.
Bir xaridor yoniga kelib:
— Sen xaridorni chalg‘itmoqchi bo‘ldingmi?! Hozir men 1 tadan 3 ta tarvuz sotib olaman 9 ming so‘m bo‘ladimi? - debdi.
Sotuvchi:
— Ha, shunaqa bo‘ladi, - deb 3 ta tarvuzni sotib yuboribdi.
Xaridor ketayotib:
— Savdo qilishni bilmas ekansan! - deb kulib ketibdi.
Sotuvchi bo‘lsa:
— Menga aql o‘rgatishini qara! 1 ta tarvuzni o‘rniga 3 tadan sotib yuboryapman-ku! - debdi.
— Senga 100 ming berishsa, barmoqni kesib tashlay olarmiding?
— Bu kimni barmog‘i ekaniga bog‘liq...!
O‘qituvchi Alisherdan so‘radi:
— Katta bo‘lsang, kim bo‘lasan?
Alisher:
— Katta bo‘lsam tadbirkor bo‘laman. Ko‘p pul ishlab topaman, oyimga ko‘p narsalar olib beraman.
O‘qituvchi Valijondan so‘radi:
— Valijon, katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Valijon:
— Katta bo‘lsam, Alisherni oyisi bo‘laman!
— Boshlig‘imiz ish vaqtida internetda o‘yin o‘ynab o‘tirganim uchun mukofot pulidan meni mahrum qildi.
— Nega unga o‘yin o‘ynab o‘tirganingni sezdirding?
— Qanaqasiga sezmasin. Internetdagi o‘yinda raqibim boshlig‘im bo‘lib chiqdi.