Pul-boylik haqida latifalar

— Elektr energiyasi uchun to‘lagan pulingiz tugab, to‘satdan chirog‘ingiz o‘chib qolsa nima qilasiz?
— Qo‘shnilarni uyiga mo‘ralayman. Kimda yana chiroq o‘chdi ekan deb...

Neftni narxi tushib borayotganiga qaramay, benzinni narxi tushib ketishidan saqlanib qolmoqdamiz.
— Seni puldan boshqa darding bormi?
— Ha! Qayerdan pul topish dardi!
— Doktor, meni davolang! Men yashagim kelyapti!
— Pulingiz bormi?
— Yo‘q.
— Bunaqa hayotni nima keragi bor?!
Jurnalist shahar ko‘chalaridan birida fuqarolardan intervyu olmoqda:
— Davlatimiz rivoji to‘g‘risi nima deysiz?
— Juda oqilona siyosat olib borilmoqda. Fuqarolar shod-hurram. Hamma narsa yetarli. Narx-navo pasayib bormoqda. ...
— Siz qaysi tumanda istiqomat qilasiz?
— Men davlatingizga xorijdan mehmon bo‘lib kelganman.
Ikki yigit suhbati:
— Kecha Alisherdan qarz so‘rasam bermadi. Alisher nomard ekan.
— Do‘stim, senga aytib qo‘yay, men ham nomardman.
2 ta talaba uchrashib qolibdi:
— Kecha nega avtobusni orqasidan yugurib ketayotganding?
— Avtobusga pulni tejamoqchi bo‘ldim.
— Boshlig‘ingni kayfiyati yaxshi ekanini qayerdan bilding?
— Maoshimni oshirishni so‘rasam, rosa kuldi-ku!
O‘g‘lini maktabga joylashtirishga kelgan otaga maktab direktori:
— Bizga qanday moddiy yordam ko‘rsata olasiz? - debdi.
Ota:
— Bepul prokuratura tekshiruvini o‘tkazib bera olaman, - debdi.
Trenirovka zalida:
— Qizlar meni orqamdan yugurib yurishlari uchun "qayerga ishlashim" kerak?
— Cho‘ntakka ishlashingiz kerak.