Pul-boylik haqida latifalar
— Qayerga ketayotganingni aytib ket! Qayerdan qidirishni bilaylik!!!
O‘g‘li:
— Oyi men 1 ta ipoteka va 3 ta kredit olganman. Yerni tagidan bo‘lsa ham topib olishadi, xavotirlanmang!
— Do‘stim, og‘zimdagi hamma 32 ta tishimga tilla qo‘ydirdim. Endi tishimni ehtiyot qilishim, og‘zimda yong‘och chaqmasligim kerak...!
— Menimcha sen endi shuncha tilla tish bilan o‘zingni ehtiyot qilishing kerak.
— Maoshimni ko‘tarishni iloji bormi? - debdi ishchi.
Ish beruvchi pulni ushlab turgan qo‘lini tepaga ko‘tarib:
— Shuncha ko‘tarsam bo‘ladimi? - dermish.
— Juda yaxshi chiqdi kuyovim, ko‘z tegmasin. Qizimga tilla taqinchoqlar, ko‘ylaklar olib beryapti!
— O‘g‘lingni ham uylantiribsan deb eshitdim, kelining-chi, u ham yaxshimi?
— Qurib ketsin! Kelin emas, baloni o‘zginasi! Bir qarasang tilla olib bering deb xarhasha qiladi, bir qarasang kiyim so‘raydi...!
— Tinchlikmi, nega xomushsan?
— Sevgan qizimga iPhone 11 olib berish uchun 1 yil pul yig‘gan edim. Kecha shu pulga ovqat olib yeb qo‘ydim.
— Ovqat? O‘zi nechi pul yig‘gan eding?
— 18 ming so‘m.
Bir bolakay shimini kiyibdi-yu, tugmachasini taqish esidan chiqib qolibdi.
Adasi buni ko‘rib debdi:
— O‘g‘lim, do‘kon ochiq qolibdi-ku!
O‘g‘li bo‘lsa:
— Do‘kon ochiq bo‘lsa, muzqaymoq olib bering! – debdi.
— Sen doim shunaqa jiddiymisan?
— Yo‘q! kulguli tomonlarim ham bor.
— Nimang kulgili?
— Oylik maoshim.
— Bilmayman, qanday qilib?
— 100 ming bersang aytaman.
— 100 ming?! Bermayman!
— Ajrata olar ekansan-ku!
— Pulsizlik dardi...