Pul-boylik haqida latifalar
— Gap sizlarni boyligingizda emas. Qizingizni sevaman!
Xonadon egasi:
— Axir bizni 3 ta qizimiz bor. Qaysi birini?
Yigit:
— Farqi yo‘q!
— Merosxo‘ringiz bormi? – deb so‘rasa, putin:
— Bu savolga Baydenni yoshiga yetganda javob beraman, - degan ekan.
— Ha! Kundalik, valerianka va kamar sotib oldim.
Xotinimni mendan berkitgan boyliklari qayerda ekan-a?!
— Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Azizjon:
— Kambag‘al bo‘lmoqchiman.
O‘qituvchisi:
— Nega? Axir bu yaxshi emas-ku!
Azizjon:
— Chunki dadam ikki qavat hashamatli uylar, qimmatbaho mashinalarni yonidan o‘tayotib, "Qara o‘g‘lim, kambag‘allarni uyi ekan..." - deydilar.
— Kredit olmoqchiman!
Bank xodimi:
— Nima maqsadda kredit olasiz? - debdi.
Afandi:
— Latifalarimga klip olmoqchiman! - degan ekan.
— Sizni tilla zanjiringizni o‘g‘irlab qochgan shaxsni taniy olasizmi?
Jabrlanuvchi:
— O‘g‘rining advokati himoya nutqidan keyin, meni o‘zi tilla zanjirim bor-yo‘qligiga ham shubhalanib qoldim, o‘rtoq sudya...!
— O‘xshash tomoni bitta! Huddi avvalgisidek, yangisini ham bizga o‘xshagan odamlar sotib olisholmaydi.
— Nega siz nuqul kunduz kuni o‘g‘irlik qilgansiz?
Ayblanuvchi:
— Kechasi ko‘p pul bilan yurishga qo‘rqaman-da.
Do‘sti unga yaxshilik qilmoqchi bo‘lib korxonasiga ishga joylashtiribdi. U kishi har kuni kelib-ketib, hech ish qilmasdan oylik olib yuraveribdi-yuraveribdi.
Bir kuni do‘stini yoniga kirib debdi:
— Shunaqayam adolatsizlik bo‘ladimi?!
— Nima bo‘ldi do‘stim? Axir men senga ish berdim, oylik olyapsan, - desa, haligi kishi:
— Ishxonaga kelib ketishim shartmi?! Oyligimni uyga olib borib berishsa bo‘lmaydimi!? - debdi.