Pul-boylik haqida latifalar

— Benzinni narhini ko‘rdingmi?
— Ha, hozircha ko‘rish tekinligidan hursandman...

Xaridor do‘konga kelib, mana bu pult qanchadan? - desa - sotuvchi:
— 10 ming, - debdi.
Xaridor:
— Namuncha qimmat? - desa, cotuvchi:
— Hozir bizda aksiya ketyabdi. Bittasini 20 minga olsangiz, ikkinchisni tekinga beramiz debdi.
Xaridor:
— Zo‘rku bittasi tekin ekanda depti !

Bir kishi doktorning oldiga kelib:
— Doktor, shu yerimni ushlasam og‘riyapti, - desa, doktor:
— Ushlamang, og‘rimaydi! Sizdan 50 ming so‘m, - debdi.
Kecha 100 ming so‘mlik pulga "mayda" topolmay qoldim. Hech kimda yo‘q...
Qarasam yo‘l chetida YPH xodimi turibdi. Yonga borib:
— 100 ming so‘mga maydangiz yo‘qmi? - desam, u:
— Yo‘q, hali tushmadi! Hozirgina kelib turibman o‘zi! - deydi.
— Botir aka, hech uyingizga biror martta o‘g‘ri tushib, hamma narsangizni o‘g‘irlab ketganmi?
— Ukam, bo‘ldi qilsang-chi! Pulim bo‘lishi bilan sendan olgan qarzlarimni qaytaraman!
Avvallari oylik maoshimni olgach, sayyohatga chiqishimni o‘ylasam, nima uchun ishlayotganimni tushunardim.
Hozir oziq-ovqatlarni narx-navosini ko‘rib, qornim ochmaganini tushunyapman.
Yigit qizga:
— Kecha uyingizga sovchi yuborsam, aniq javob aytmabsiz?!
Qiz:
— Axir yuborgan sovchilaringiz sizni qancha maosh olishingizni aniq aytishmadi-ku!?

rivojlangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashning ikkita usulini taklif qilishadi:
Birinchisi, Shveysariya usuli. Rahbarlik lavozimlari muddatini qisqartirish. Shunda korrupsiyaga ulgurmaydi.
Ikkinchisi, Koreya usuli. Umrni qisqartirish. Agarda mabodo korrupsiyaga ulgurgan bo‘lsa...!

— Qizim, idish-tovoqlarni yuvib qo‘ygin!
— Charchadim oyijon...
— Wi-Fi ga pul to‘lashdan men ham charchadim...
— Qaysi idishlarni yuvishim kerak?
Bir kishi uyini devorlariga gulqog‘oz (oboy) yopishtirmoqchi bo‘libdi. Pastki qavatdagi qo‘shnisini uyiga tushib so‘rabdi:
— Siz yaqinda remont qilgan edingiz. Qancha gulqog‘oz sotib olgansiz?
— Olti o‘ram gulqog‘oz sotib olganman, - debdi qo‘shnisi.
U kishi ham bozordan oltita gulqog‘oz sotib olibdi.
Ta’mirlash ishlarini tugatib bo‘lgach qarasa, 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qolibdi.
Qo‘shnisini eshigini taqillatibdi.
— Qanaqa odamsiz?! Rostini aytsangiz bo‘lmasmidi!? 2 ta o‘ram gulqog‘oz ortib qoldi-ku, - desa, qo‘shnisi:
— Menda ham 2 ta o‘ram ortib qoldi. Siz mendan qancha gulqog‘oz ishlatdingiz deb emas, qancha sotib olgan edingiz deb so‘radingiz-ku!