Pul-boylik haqida latifalar

— Hamma taksi haydovchilar davlat ishida ishlasa kerak.
— Nimaga unaqa deb o‘ylaysan?
— Ularni o‘zi shunaqa deyishadi-ku! Bo‘sh vaqtimda kira qilaman, o‘zimni ishim bor, biznesim bor deyishadi-ku!
— Oylik maoshing yaxshimi?
— Maoshim yaxshi. Narx-navo yomon!
Rahbarlarimizga "oylik maoshlarni oshirib bering!" degan edik. Ular "adashib" o‘zlarini oyliklarini oshirib yuborishibdi.
Millioner qariya betob bo‘lib qolsa, hamma qarindoshlari yig‘ilib olibdi.
— Ayting doktor, umid qilsak bo‘ladimi? - deyishsa, doktor:
— Umid qilmanglar! Bu oddiy shamollash, o‘tib ketadi, - dermish.
Bir o‘g‘ri oltin baliqni tutib olibdi.
— Tila tilagingni! Xohlagan narsangni muhayyo qilaman, - debdi baliq.
— Qo‘lingdan nima keladi o‘zi? - debdi o‘g‘ri.
— Hamma narsa. Mana masalan kecha bir yigit mendan 100 ming dollar so‘radi, berdim, - debdi baliq.
O‘g‘ri o‘ylanib turib:
— Shu yigitni uy manzilini ber menga, - degan ekan.
Moddiy yordam - bu o‘g‘irlik qilishni bilmaydiganlar uchun kompensatsiya.
Meni xotinim ertakdagi hayotni orzu qiladi. Lekin ertakdagi hayotga bizda faqat pul to‘g‘ri keladi.
U ham bo‘lsa "Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. U ham bo‘lsa pul ekan" degan jumla to‘g‘ri keladi.
— Oyliklarni oshirib bering!
— Oshdi-ku!
— Bizlarnikini degandik... O‘zingiznikini emas!

Ertalab restoranga bir odam hovliqib kirib:
— Kecha kechqurun men shu yerda bo‘lganmidim? - debdi.
Ofitsiant:
— Ha, bo‘lgan edingiz, - debdi ofitsiant.
— Ikki yuz ming so‘mlik aroq ichib qo‘ydimmi? - so‘rabdi yana.
Ofiuiant:
— Ha, - debdi.
— Xudoga shukur-ey! Men pulimni yo‘qotib qo‘ydimmi deb qo‘rqib ketdim, - dermish.

Shu kunlarda odamlar latifa va hazillarni tushunmay qolishdi. Ular buni narx-navodagi yana bir yangilik deb o‘ylashmoqda.