Pul-boylik haqida latifalar

uyga shirakayf ahvolda kelgan er xotiniga:
— Pul olib chiq! Taksi kutib turibdi, - debdi.
Xotini:
— Kim aroq olib berdi? Uyga kelishga ham bermadimi? - desa, eri:
— Nega bermas ekan. Uyga ham berdi, - deb kastyumini ichidan bir shisha aroq chiqaribdi.

Er-xotin ko‘chada aylanib yurishgan ekan, oldidan bezorilar chiqibdi:
— Qimmatli narsalaringni ber! - debdi bezorilar.
Xotin eriga yolvoribdi:
— Iltimos, meni berib yuborman!
Eri:
— Jinnimisan?! Qimmatli deyapti!

Telefonimga SMS keldi.
"Qarzlaringni qaytar! Aks holda sevgan qizingni boshqa qaytib ko‘rmaysan.
O‘qib hayron qoldim. Bo‘ynimdagi shuncha katta qarzlarim bunchalik ko‘p quvonch olib keladi deb o‘ylamagandim.

Tushimda do‘stim mendan qarz so‘radi.
Bermaslik uchun uyg‘onib ketdim.

Bir kishi o‘g‘li 18 yoshga kirguncha aliment to‘labdi.
O‘g‘li 18 ga to‘lgan kuni uni chaqirib:
— Borib onangga ayt! Endi aliment olib bo‘pti mendan. Shu gapni eshitganda onangni yuzini bir ko‘ray! - debdi.
Bola onasiga kelib gapni aytibdi. Onasi:
— Hozir borib adangga ayt. 18 yildan beri aniq o‘zini o‘g‘liga aliment to‘labdimikan? Shu gapni aytganingda adangni yuzini bir ko‘ray! - degan ekan.
Men bir umr ayolimni ishlab pul topishiga qarshi bo‘lganman.
Shuning uchun ham biz kambag‘almiz.
— Kechirasiz, shu yaqin-atrofda militsiyani ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, ko‘rmadim.
— Unda hamyoningni ber ovsar!
Meni ukam pul topishni yo‘lini kattalardan yaxshiroq biladi.
Maktabda olgan har bir "5" bahosiga adam 10 ming so‘mdan beradilar.
O‘sha 10 ming so‘mdan 5 mingini ustoziga bersa, ustozi yana "5" baho qo‘yib beradi.
Qarabsizki, ukamga o‘z-o‘zidan pul kelib turaveradi-da!
Qorbobo:
Bu yil mendan hamma beva ayollar turmush o‘rtoq sovg‘a qilishimni so‘rashdi.
Nima emish!? Chol bo‘lsa ham mayli, ichmasa, chekmasa, urmasa, saxiy bo‘lsa, kifoya deyishibdi.
Eh, axir men ularni barchasiga uylana olmayman-ku!
Firibgarlar plastik kartamdagi pullarimni o‘g‘irlab olmasliklari uchun oylik maoshimni bir kunda ishlatib tashlayapman. Ajab bo‘pti o‘g‘rilar!