Pul-boylik haqida latifalar
— Doktor ayting-chi, shu gap rostmi? Sog‘liqni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmas ekan?!
— Kim aytdi sizga bu ahmoqona gapni?
Lo‘lilar kaftingizni ochib ichida pul ko‘rsa, bo‘ldi!
Hayotingiz faqat baxtdan iborat bo‘lishini aytib berishadi.
— Kelishini toshbaqaga o‘xshataman. Ketishini quyonga o‘xshataman.
— Jigar rangni.
— Axir jigar rang tushkunlik keltirib chiqaradi-ku.
— Jigar rangdagi 100 ming so‘mlik menga hecham tushkunlik keltirmaydi.
Avval qaynoqqina bo‘ladi. Odamga yoqadi. Keyin muzdek bo‘ladi. Ichgan sari muzlatadi.
— Bir narsa iltimos qilsam maylimi? Paltoni uyga eltib berishganda, menikiga kirishdan oldin “adashib” qo‘shnimning eshigini taqillatishlarini xohlardim.
— Mayli. Pulni nima qilasan?
— Oyimga sovg‘a olaman.
— Mana 10 ming. Keyingi oyda 20 ming qilib qaytarasan. Qiynalib qolmaysanmi?
— Yo‘q, mayli.
— Bu oyda 10 mingini to‘lasang, keyingi oyda 10 ming qoladi.
— Mana 10 ming, ol! Endi nima qilaman?! Oyimga sovg‘a olishga pulim yo‘q. Buni ustiga qarzim ham bor.
— Sadaqa bering...
Bir kishi:
—Pulim yo‘q edi...
Tilanchi:
—Ishlash kerak birodar!
Tabibni oldiga kelib:
— Ayting-chi, siz shamollab qolsangiz qanday tuzalasiz? - debdi.
Tabib davolanish sirini ipidan ignasigacha aytib beribdi.
Afandi tabibni gapini diqqat bilan eshitgach, "Rahmat" deb chiqib ketibdi.
Hurmat bilan "Suvsoz" OAJ.