Pul-boylik haqida latifalar

Advokatdan so‘rashibdi:
— Sizni xizmatingizdan foydalanish qancha turadi?
— 3 ta savolga javob berishim 1 million so‘m.
— Shunchalik qimmatmi?
— Ha. Uchinchi savolingizni ham bering-da kassaga o‘tavering.
— Bizni xomiylik pullarimiz bolalarga yetib borishi aniqmi?
— Axir biz ham kimningdir bolalarimiz-ku...!
— Men yangi antiradar sotib oldim.
— Xo‘sh, nima karomat ko‘rsatar ekan?
— YPH xodimi turgan joyga 300 metr qolganda "Pulni tayyorla!" deb aytadi.
Bir yigit do‘stidan qarz so‘rabdi:
— Do‘stim, 200 ming qarz berib tur!
— Mayli, oyni oxirida qaytarasan! - debdi do‘sti.
— Qanaqa qilib qaytaraman.
— Olganingdan keyin qaytarasan-da! - debdi yana do‘sti.
— Unda oyni oxirida qarzimni qaytarishim uchun pul berib turarsan, - dermish yigit.
Er xotiniga:
— Mana xotin, seni hamma orzularing ushaladi!
Uy-joy, mashina, yangi ko‘ylaklar!
— Endi mazza qilib yashar ekanmiz-da, - debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Shuncha yangi narsaga eski erni nima qilasan, - dermish.
Shifokor qabuliga kelgan bemordan so‘rayapti:
— Tobingiz qochgan bo‘lsa, sababi bordir? Biror surunkali dardingiz bormi?
Bemor:
— Bor doktor! Menda surunkali pul yetishmovchiligi va atrofda bo‘layotgan voqealardan vahima bor!
Xorijlik jinoyatchiga sud jarayonida tarjimondan foydalanayotgan ekan:
Prokuror:
— Ayt! Pullarni qayerga berkitding?
Tarjimon tarjima qilyapti:
— Pullarni qayerga berkitganingni so‘rashyapti.
Jinoyatchi:
— Aytmayman!
Tarjimon:
— Aytmas ekan.
Prokuror:
— Agar aytmasang, seni o‘limga hukm qilamiz.
Tarjimon tarjima qilyapti:
— Aytsangchi! Bo‘lmasa o‘lasan!
Jinoyatchi:
— Pullarni falon joyga berkitganman.
Tarjimon yana tarjima qilyapti:
— O‘ldiraveringlar! Aytmayman deyapti.
— Budjet pullarini o‘g‘irlaysizmi?
— Ha, nima edi?
— Bilib qolishsa-chi?
— Mana siz bildingiz-ku, xo‘sh?!
Pul to‘la hamyonim va IPhone 10 telefonimni yo‘qotib qo‘ydim.
Topib bergan odamga 1 mln. suyunchi beraman.
Falon raqamga qo‘ng‘iroq qiling ... - degan e’lon tagiga kimdir ruchka bilan yozib ketibdi:
"Men 2 mln. beraman! Falon raqamga gudok tashasangiz bo‘ldi, o‘zim qaytib qilaman...!"
Meni 4 ta o‘g‘lim bor. Biri bankir, ikkinchisi o‘qituvchi, uchinchisi injener, to‘rtinchisi taksichi.
Lekin hozir bittasi pul topyapti xolos. O‘zimni aqlli taksichi o‘g‘lim...!