Pul-boylik haqida latifalar

O‘g‘il:
— Dada, onaning ko‘z-yoshi bilan, xotinning ko‘z-yoshi o‘rtasida qanday farq bor?
— O‘g‘lim, juda katta farq bor! Onaning ko‘z-yoshi yurakka ta’sir qiladi, xotinning ko‘z-yoshi cho‘ntakka!
Har bir xonadondan soliqlarni yig‘ib yurgan inspektor navbatdagi eshik qo‘ng‘irog‘ini bosibdi.
Ichkaridan bo‘yniga 1sm diametrlik oltin "tros" taqib chiqqan yetti-sakkiz yoshli bola chiqib:
— Sizga kim kerak, - debdi og‘zidagi sigaretni chuqur tortib.
— Uyda kattalar bormi?
— O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz, - dermish sigaretni yana bir martta tortib.
Ikki chukcha ketayotsa, biri ikkinchisiga:
— Qara, men 10 dollar topib oldim!
— Malades, iye nimaga tashlab yubording?
— Qalbaki ekan.
— Qayerdan bilding?
— 10 da ikkita nol borligini ko‘rganmisan?
— Akmaljon, dadang kim bo‘lib ishlaydi?
— Meni dadam sehrgar.
— Qanaqasiga?
— Oylik maoshlari 1 million bo‘lsa ham har oy 5 millionlik harajat qiladilar. Qolgan pulni qayerdan oladilar bilmayman...
DAN xodimi avtomobilni to‘xtatib, haydovchiga:
— Yukxonani oching! Tekshirib qo‘yay, - debdi.
Haydovchi:
— Komandir, keling yukxonani ochmaylik. Yuz ming beraman, - desa, — Nimalar deyapsiz?! Oching tekshirishim kerak!, - debdi DAN xodimi.
Haydovchi yana ikki yuz ming berishini aytibdi.
— Maynavozchilik qilmay, oching!
— Uch yuz beraman!
— Yo‘q!
— Meni oxirgi gapim, bir million beraman!
— Meniyam oxirgi so‘zim, yukxonani ochasiz!
— Mana marhamat!
DAN xodimi qarasa, yukxona bo‘m-bo‘sh emish.
— Nimaga boshimni qotirib, shuncha pul taklif qildiz?, - desa,
— Siz bilan bir "Pole Chudes" o‘ynagim keldi-da, - dermish haydovchi.
Do‘stlar suhbatidan:
— Oylik maoshing yaxshimi?
— Chidasa bo‘ladi. Dasturxonimizdan ikra arimaydi.
— O, zo‘r-ku! Ikrani qizilidanmi yoki qorasidanmi?
— Baqlajonli! Xotinim pishirgan!!!
Oylik maosh bu - pora olishni bilmaydiganlar uchun berilgan jazodir!
Har yili maktabga linoleum uchun pul beraverishdan charchagan ota-onalar, bu yili sinf xonalariga asfalt yotqizishga kelishib olishdi.
Ustoz o‘quvchilarga: Ertaga hammangiz 5000 dan remontga olib kelinglar!
Shunda bir o‘quvchi:
— Ustoz meni dadam bilan oyim Rossiyada-ku!? - desa, ustoz:
— Unda 50 dollar olib kelaver, - dermish.
Talabalar she’ri:
Orziqib kutaman har kuni seni,
Uzoqdan ko‘rganda ko‘zlarimda nam.
Hech kimga bermayman hech kimga seni,
Meni qadrdonim - stipendiyam!!!