Pul-boylik haqida latifalar
Xo‘randa pulni to‘lagach, qizga gap otibdi:
— Siz uchun doim eshitish yoqimli bo‘lgan uch so‘z bor. To‘g‘rimi?
— Ha, shunday.
— Xohlasangiz, men bu so‘zlarni topaman.
— Mayli, harakat qilib ko‘ring.
— Men sizni sevaman.
— Topolmadingiz! Bu so‘z - "Qaytimi kerak emas» edi.
— Maoshingni olgin, ko‘rsataman!
Sevgan qizim kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘rishini, har kuni kitob o‘qishini aytdi. Uning tug‘ilgan kuniga qiziqarli kitob sotib oldim-da, 10-sahifasiga sovg‘a pul solib qo‘ydim. Oradan 1 oy o‘tsa ham, sevgan qizim pulga yetib kelmayapti...
— Yur tanishmimizami?
— Do‘stim birpast kutib tur, oldin stolga pulini to‘lashsin.
— Siz Paxtakorga qanday kelib qoldingiz?
— Tasodifan. Toshkentga borganimda muxlislarga dastxat bergandim. Shularni ichida bitta muxlis 5 yillik shartnomani uzatsa, bilmasdan qo‘l qo‘yib beribman.
— Sir bo‘lmasa, qancha maosh va’da qilishdi?
— Maoshim haftasiga 100 ming so‘m. U ham bo‘lsa 100 foiz plastik kartochkaga tusharmish...!
Cho‘ntagiga qo‘l solsa, 50 ming so‘mlik chiqibdi. Atrofda hech kim yo‘q, faqat yo‘l chetida GAI xodimi turgan ekan.
— Kechirasiz, shuni maydalab bera olmaysizmi?! - debdi yigit pulni uzatib.
GAI xodimi pulga qarab turib:
— Uzr, o‘zi hozirgina postga turdim. Hali pul yo‘q, - dermish.
— Arzanda o‘g‘ling yana hamyonimdan pullarimni o‘maribdi!
— Nega endi u bo‘larkan? Balki men olgandirman ...
— Yo‘q, sen emas! Hamyonimda pullarimni yarmi qolib ketibdi.
— Men ishchilarimga ikki oydan beri maosh bermasam ham ishga kelaverishadi, - debdi birinchisi.
— Men esa uch oydan beri ishchilarimga umuman oylik bermayapman. Baribir hammasi kelaveradi. Endi ishga kelishni ham pullik qilib qo‘ymoqchiman, - dermish ikkinchisi.