Talabalar haqida latifalar

Birinchi sinfda:
— Toshmatov, ikki karra ikki nechi bo‘ladi?
— To‘-o‘-o‘rt!
— Nega yig‘layapsan?
— Besh bo‘lishini xohlayman.
Beshinchi sinfda:
— Toshmatov, ikki karra ikki nechi bo‘ladi?
— To‘rt!
Kollejda:
— Toshmatov, haligacha bilmaysanmi!? Ikki karra ikki nechi bo‘ladi?
— O‘zingiz aytavering ustoz, qancha bo‘ladi...?
Kollej bitiruvchisi diplom oldi. Diplomni arqonga bog‘lab, asfaltni o‘rtasida sudrab ketyapti.
Hamma hayratda. Bir shofyor:
— Ha, ukam nimaga diplomni ergashtirib yuribsan? - dedi.
— Men buni orqasidan 3 yil yurdim, bu ham meni orqamdan yursin-da endi, - deya javob berdi.
Bir talaba ovqatlanib, qornini to‘ydirib darsga kirsa kekirgisi kelib qolibdi. Hammani oldida kekirishga uyalib, oxiri nima qilishni o‘ylab topibdi. Telefondagi musiqani baland qilib ovozini ko‘taribdi-da, kekirib yuboribdi.
Keyin qarasa, telefondagi musiqa talabani qulog‘idagi naushniklaridan kelayotgan ekan...
Ikki talaba yotoqxonada o‘tirib bir birlariga savol berishdi:
— Og‘ayni sen paypog‘iyni qachon yuvasan?
— Men paypog‘imni yerga qo‘yaman, agar u yerda tik tursa, demak yuvish zarur...
— Senchi?
— Men paypog‘imni shipga qaratib otaman, agar u yopishib qolsa, unda yuvish zarur.
Talaba bu — aholi qatlamining qimmat telefon tutuvchi, ammo hisobida mablag‘i yo‘q kishisidir.
Institutda o‘qituvchi talabaga qarab:
— Darsga yana tayyormasmiz deng!
— Ha, domlajon...
— Kechasi bilan televizor ko‘rib chiqqanmiz demak...
— Shunaqa...
— Institutga ham hurmat yo‘q deng!
— ...
— Davlatni pulini yeb yotibmiz deng!
— Uzr domlajon. Meni sizni bilmadim-u, meni hali ota-onam boqyapti...
Talaba bo‘lgan ikki do‘st uchrashib qolibdi.
— Sen qaysi institutga kirding?
— Tibbiyotga. Sen-chi?
— Veterinar bo‘lishga o‘qiyapman. Juda yaxshi bo‘pti. Institutni tamomlagach, bir-birimizni davolay olarkanmiz.
Bir abituriyent imtihon paytida yonida abituriyentga debdi:
— Sening isming nima?
— Sardor. Seniki-chi?
— Meni ismim ham Sardor. Yana meni hujjatlarim bilan o‘rnimga imtihonga kirgan bo‘lmagin...!
Bir o‘zbek talaba sehrli chiroq topib olibdi. Ichidan ming yillik jin chiqibdi.
— Tila tilagingni! - debdi jin.
Talaba o‘ylab turib, — O‘zbekistonda internet qachon arzon bo‘ladi? - debdi.
Jin nima deyishini bilmay o‘ylanib tursa, chiroqni kerosini tugab qolibdi.