Talabalar haqida latifalar

Bir talaba ketayotsa oldidan buxanka non chiqib qolsa bir tepib yuboribdi, buni ko‘rgan boshqa talaba:
— Jinnimisan, axir bu nonku, nega tepasan, undan ko‘ra menga ber buni men yeyman.
— Jinnimasman, endi sal chetroqqa olib o‘t, birga yeymiz.
Imtihon. Domla:
— Eshmatova, marhamat biletizga javob bering.
— Domla, men homiladorman...
— Eeyeye shunaqa deng, mayli siz boravering. 4 avtomaticheski qo‘yaman...
Domla:
— Xo‘sh! Doskaga Toshmatova!
— Domla menam homiladorman, 7 oyli uje! Agar bahoimni qo‘yib bersangiz o‘g‘limga sizni ismingizni qo‘yaman!
— Eha, ha mayli bor sengayam 4.
— Domla, menga 5 qo‘ying. Axir men hamma darslarda, leksiyalarda to‘liq qatnashganman.
Domla:
— Menam hayronman bu narsalarga qanday ulgurding... Ha, bor 5!
— Bo‘lmasa endi yigitlardan... Ketmonov!
— Domla men homilador emasman, shuning uchun imtihonga tayyormasman!
Bir psixolog talabalarga ma’ruza qila turib:
— So‘z bilan odamni har maqomga solish mumkin. Mana, hozir tajriba o‘tkazib ko‘ramiz, - debdi-da, qayoqqadir telefon qilib so‘rabdi:
— Qo‘ziboyni mumkinmi?
— Qo‘ziboy bu yerda turmaydi, - degan javob eshitilibdi.
Go‘shakni bir daqiqadan so‘ng olib, yana o‘sha raqamni teribdi:
— Qo‘ziboyni chaqirib bering.
— Qo‘ziboy bu yerda turmaydi deyapman-ku! – go‘shakdan asabiy ovoz eshitilibdi.
— Ana, eshitdingizmi, astoydil jahli chiqyapti, - debdi psixolog.
— So‘z bilan odamni jinni qilib qo‘yish mumkin, - dedi bir talaba. - Ishonmasangiz, telefonni berib turing, hozir ko‘rasiz.
Talaba tezda o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo! Men Qo‘ziboyman. Meni hech kim so‘ramadimi?
Talaba imtihonda yiqitgan domlasini ko‘rib qoldi:
— Assalomu alaykum, domla!
— Men ahmoqlar bilan salomlashmayman.
— Men esa salomlashaman.
Talabaga eslatma:
— Talaba, leksiya vaqtida hurrak otmang, yoningizdagini uyg‘otib yuborasiz!
Bir talaba yigit avtobusda saqich chaynab ketayotib, o‘zi bilmagan holda bir kampirga tikilib qolibdi. Kampir esa:
— Bolam, bu gaplarni menga bekorga aytyapsan men baribir eshitmayman, - debdi.
Talabalar kredit mavzusida dars o‘tishmoqda. Bitta talaba o‘qituvchisiga savol beribdi:
— Ayting-chi domla, nega banklardan kredit olayotganimizda bizdan garov talab qilishadi-yu, biz bankka pul qo‘yganimizda bizga garov uchun hech narsa berishmaydi?!
Talaba restoranga kirib ofitsiantga:
— Bitta bulka non va bir stakan suv, - debdi.
Ofitsiant kulib:
— Shunchalik pastga urasanmi o‘zingni. Hayotga bir marta kelasan, mazza qilib, to‘yib maishat qimaysanmi, - desa
Talaba:
— Ha, to‘g‘ri aytasiz. Maishat bo‘lsa maishatda. Unda manga uchta bulka non va bir chelak suv olib keling, - dermish
Bir kun student oshxonaga kirib:
— Oshpaz, manga 4ta manti bervoring.
Oshpaz:
— O‘o‘o‘, studentla kuchayibdimi?!
Student:
— 4ta mantiga qo‘shib, 24ta vilkayam bering.
Institutda oxirgi dars. Talabalar charchab, o‘qituvchidan iltimos qilishmoqda:
— Javob bera qoling, juda-yam charchadik...
O‘qituvchi:
— Yaxshi. Mana shu qo‘limdagi ruchkaning siyohi tugasa, uyga ketasizlar.
Talabalardan biri:
— Ruchkangizni bering. Men siyohini ichib yuboraqolay!