Telefon haqida latifalar

Xotin eriga:
— Adasi meni haliyam sevasizmi? - depti.
Eri:
— Xotinjon, sen-simkartasan, men-telefon. Telefon sim kartasiz ishlamaydi.
Xotin o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, oshxonaga chiqib kesa, eri:
— Bechora xotin sodda-da! Hozirgi telefonlarga ikkita sim karta tushishini bilmidi-da, - dermish.
Bir yigit sevgan qiziga SMS yuboribdi:
— Salom jonim. Bugun ko‘rishamizmi?
Qiz:
— Ko‘risholmaymiz. Betobman. O‘zingiz allamahalda qayerlarda yuribsiz?
— Diskotekada. Orqangga qara, turibman.
— Allo, menga yordam kerak!
— Nima gap?
— Ikkita qiz meni talashib urishmoqda!
— Xo‘sh, nima bo‘pti?!
— Xunugi g‘alaba qilyapti!
— Nega xafasan?
— Telefonimni o‘g‘irlab ketishdi.
— Militsiyaga bormadingmi?
— Bordim, ular olishmapti.
Seni haqiqiy hayoting – bu telefoningni quvvati tugab, o‘chgan paytdagi hayotdir.
Notanish raqamdan qo‘ng‘iroq:
— Labbay, eshitaman.
— Allo, kim bu?
— Kim kerak sizga?
— O‘zi kim bu?
— Uzr, kimni chaqiray?
— Kim bu deb so‘rayapman...
— Qo‘ng‘iroq qilgan siz-ku! Kimni chaqiray?
— Esh-sh-sh-shak!
— Uzr, bu yerda qarindoshlaringiz yashamaydi. Adashib tushdingiz, xayr!
Er-xotin televizor ko‘rib o‘tirsak, oshxonada qolib ketgan qo‘l telefonimga SMS xabari keldi.
Erinchoqlik bilan o‘rnimdan turib, sekin borib qarasam, erimdan xabar kelibdi:
"Xotinjon, modomiki o‘rningdan turib, oshxonaga boribsan, bitta achchiq choy damlab kelaqolgin!"
Zamonaviy oliftagarchilik bu:
Qo‘lida ayfon telefon, lekin hisobida pul yo‘q!
Kaptiva avtomobili bor, lekin benzinga pul yo‘q!
Yigit bilan qiz telefonda SMS orqali gaplashmoqda:
Yigit:
— Salom, baxshimisiz?
Qiz:
— Baxshimisiz???
Yigit:
— E, uzr! “Yaxshimisiz” demoqchi edim. Mana bu “Ayfon”ning klaviaturasidagi axmoq avtokorrektor shunday deb o‘zgartirib yuboribdi...
Qiz:
— Ha... Nima bo‘ldi ekan debman!? O‘chirib qo‘ya qoling o‘sha avtokorrektorni.
Yigit:
— Mna, u4rib k6edem avt6krrektrri. Mnm4a wunaka gaplawse yaxщide, a nma ddiz?
Qiz:
— Yo‘q, yaxshisi avtokorrektorni yoqib qo‘ya qoling!
— Kecha yangi telefon sotib olgandim. Kamerasida nuqul mahluqni rasmi ko‘rinyapti.
— "Oldi kamera" rejimini o‘chirib qo‘ygin-da...