Telefon haqida latifalar

Xotin eriga kurortdan telefon qilmoqda.
— Bu yerda bir oy dam olib, yarim vaznimni yo‘qotdim. 100 kilodan 50 kiloga tushdim. Yana qolsam maylimi?
— Yana bir oy qolaqol.
— Xo‘sh dugonajon, bu iPhone senga qanchaga tushdi?
— Yigirmata janjalga, dugonajon...
— Voy, rossa qimmat ekan-da!?
Bir g‘iybatchi qo‘shnisini ko‘chada uchratib qolib debdi:
— Hoy qo‘shni, yangi iPhone olibsizmi?
— Ha!
— Shuni, Facebookda yoki Telegramda xabar qilib yurmay, menga aytsangiz bo‘ldi edi. Hammaga bir zumda tarqatib chiqardim...
— Nega quloqlaring bog‘lab tashlangan do‘stim?
— Kiyimlarimni dazmol qilayotgandim, telefon jiringlab qoldi. Telefon deb dazmolni ko‘taribman.
— Ikkinchi qulog‘ing-chi? Unisiga nima bo‘ldi?
— Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilaman deb, yana dazmolni ko‘tarib yuboribman-da...
Telefon jiringladi. 5 yoshli bola trubkani oldi.
— Allo dadang qani?
— Dadam hammomda!
— Oying qani?
— Oyim ham hammomda!
— Oyingmi, dadangmi hammomdan chiqsa menga telefon qilishsin!
— Ular hali beri chiqishmaydi, chunki mendan vazelin so‘rashganda, men bilmay "superkley" berib yuboribman.
Bugun notanish nomerdan manga SMS keldi: "Jonim xafa bo‘lmang, man boshqasini uchratdim, ayb sizda emas, boshqa uchrasha olmaymiz."
— Qoyil mani xatto tanimiydigan qiz ham tashlab ketdi.
— Dadasi bugun tushimga kiribsiz.
— Xo‘sh, tushingda nima qilayotgan ekanman?
— Menga yam-yashil olmani bir tishlab, beribsiz
— Boshimni qotirma xotin, ayfonga pul yo‘q.
Xotin eriga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, gaplasha olasizmi?
— Ha.
— Unda meni eshiting...
Marshrutkada hamma jim ketayotsa, birdan itning vovullagan ovozi eshitilibdi.
Afandi telefonini olib:
— Ha, xotinjon nima deysan, - debdi.
Xotin erining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilyapti, trubkani ko‘targan er:
— Xotinjon, senga keyinroq o‘zim telefon qilaman. Hozir so‘kinishning sira ham ilojisi yo‘q!