Telefon haqida latifalar

Bir kuni taksida qo‘rqoq, sarguzashtparast va ziqna odam ketayotishsa, birdan taksi yonidan boshqa mashina kelib urilibdi. Shu payt taksi mashinasi joyida aylana boshlabdi, haydovchi mashinani to‘xtata olmay sarosimada...
Qo‘rqoq:
— Voy-dod! To‘xtang mashinani! - deb baqira boshlabdi.
Sarguzashtparast haydovchiga:
— Iye, shoshmay turing! Selfivideo qilib olay! - desa, ziqna:
— Taksini kilometr hisoblagichini o‘chirmaysizmi!? - dermish.
— Meni qo‘l telefonim uy telefoniga aylanib qoldi.
— Nega?
— Nuqul elektr quvvatlagichda turadi...!
Beshta og‘ayni choyxonada o‘tirsa, telefon jiringlabdi:
— Allo, adasi, kecha men sizga aytgan tilla zanjirni bugun qo‘shnimiz sotib chiqdi. Olaveraymi?
— Ha, olaver!
— Keyin, internet orqali yangi telefonga ham buyurtma berib yubormoqchiman, maylimi?
— Mayli!
— Kelasi hafta 8 mart bayrami ekan. Shunga yangi ko‘ylak ham tiktirmoqchiman. Uydagi puldan olib, tikuvchiga borib kelsammikin degandim?!
— Xo‘p mayli, boraver!
Telefon suhbati tugagach, yigit telefonni joyiga qo‘yib debdi:
— Og‘aynilar, manavi telefon o‘zi kimniki edi???
Uyida qo‘l telefonini unutib qoldirgan er ishxonadan xotiniga qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Azizim, telefonimni o‘chirib qo‘ysang. Jiringlayverib seni bezovta qiladi.
Xotini:
— Sizga Alisherdan SMS keldi. Bugun tunda kutar emish...! Ko‘ziga uyqu kelmayotgan ekan...! – debdi jahl bilan.
Eri:
— Meni uyga kirgizmaysanmi??? – desa, xotini:
— Nega endi!? Bugun kechasi uxlashingiz uchun darvozani yoniga joy tayyorlab qo‘ydim! – dermish.
Qiz yigitdan so‘radi:
— Lasettingiz bormi?
Bola:
— Yo‘q!
Qiz:
— Narxozda o‘qiysizmi?
Bola:
— Yo‘q!
Qiz:
— 2 etajli uyiz bormi?
Bola:
— Yo‘q!
Qiz:
— Unda sizga bort!
Bola:
— Nima san bilan tanishish uchun Pradoimni sotib Lasetti olishim, Westminster'dan Narxozga perevod qilib, 3 etajli uyimni buzib 2 etaj qilishim keremi? Yo‘q, man bunaqa qilomiyman uzur! Sanga bort!!!
Qiz:
— Alo, alo, man hazillashudim!!!
— Tuuut—tuuut—tuuut
Yarim tunda bir ayolning telefoni jiringlabdi:
— Allo, kim bu?
Go‘shakdan mast erkakning ovozi kelibdi:
— Hozir men telefonda gapiryapmanmi?
Ayol asabiylashib:
— Yo‘q, televizorda gapiryapsan!
— Voy, jonli efirga kiyimsiz chiqdimmi?!
— Yaxshi qiz, sizni suratga olsam maylimi?
— Nega kerak sizga???
— Telefonimni ekraniga qo‘ymoqchiman, bolalarim unga tegmasliklari uchun...
Ota: O‘g‘limni telefonini qo‘limga olib, qaradim. Xotinimni raqamini "Xo‘jayin" deb yozib qo‘yibdi. Meni raqamimni nima deb saqlagan ekan??? "Xo‘jayinning xo‘jayini" degan yozuv chiqdi. Ma’qul!
Bir mast odam militsiyaga qo‘nqirok qilib:
— Allo, militsiya. Bu yerda 1000 kishi o‘lib yotibdi.
Militsiya:
— Allo, allo, siz hozir qayerdasiz?
— Qabristonda.
Bir qiz dugonasiga maslahat bermoqda:
— Agar sevgan yigiting seni rashk qilishini xohlasang, unga mana bunaqa sms xabar yozib yubor!:
"Jonim, yaqinda to‘yim bo‘ladi. ...voy uzr, sizga ketib qolibdi".