Telefon haqida latifalar

Yarim kechasi telefon jiringladi.
— Ha, uxlayapsanmi?
— Ha
— Uxlayotgan bo‘lsang, uxla-da, nega telefonni ko‘tarasan?!
Telefonda hovliqqan ovozda bir ayol:
— Allo, bu kasalxonami?
— Yo‘q, bu qabriston!
— Uzr unda! Sizlarga murojat qilishimga sal ertaroq...
— Hechqisi yo‘q, biz kutamiz.
Telefon qo‘ng‘irog‘i jiringladi:
— Allo?
— Allo. Men morgga tushdimmi?
— Yo‘q. Hozircha bu yerga faqat qo‘ng‘iroq qilyapsiz.
Bir kishi uyida uxlab yotsa, hadeb qulog‘iga “Ayfon, ayfon” degan tovush kelaveribdi. O‘rnidan turib, derazadan pastga qarasa, yosh bolalar o‘ynab yurganmish.
— Hoy tirranchalar, namuncha “Ayfon” deb baqirasanlar!? Uyquni-yam beliga tepdilaring! – desa, bolalar:
— Amaki, biz Ayubxon o‘rtog‘imizni chaqiryapmiz, - deyishgan ekan.
— Hazrat, agar kechasi xotinimning yuzidan nur yog‘ilib tursa nima bo‘ladi?
— Bu xotining seni telefoningni tekshirayotganini bildiradi.
Bir ayol eriga debdi:
— Shu sigaretni qachon tashlaysiz?! Bir hafta o‘zingizni majburlab chekmasangiz, sabr qilsangiz tashlaysiz-ku!
Eri:
—Mayli xotin. Sen ham bir hafta telegramga kirmasang, chekishni tashlayman, - desa, xotini:
— Menga nima? Chekavermaysizmi!? O‘zingizga zarar qilyapsiz, - deb o‘girilib ketibdi.
Erkak uyiga kovrolin to‘shab, ishni tamomlagach, sigaret chekmoqchi bo‘libdi. Cho‘ntaklarini qidirib, sigaretini topa olmasmish.
Bir payt qarasa, kovrolinni o‘rtasi do‘mpayib ishib turganmish.
“Obbo! Shu yetmay turgandi. Kovrolinni tagida sigaret qutim qolib ketibdi” debdi jahli chiqib. Qarasa, oshxonadan xotini chiqib eri tomonga kelayotganmish. Erkak bolg‘ani olib, kovrolinni do‘mpayib turgan joyini tez-tez urib, pachoq qilib tekislab qo‘yibdi. Xotini erini tepasiga kelib:
— Adasi, sigaretingizni qidirmadingizmi? Mana, oshxonada qoldiribsiz. Kecha siz menga sovg‘a qilgan yangi telefonni topa olmayapman, ko‘rmadingizmi qayerda qoldi ekan?! – dermish.
Er-xotin gaplashib o‘tirishsa, telefon jiringlab qolibdi.
Er:
— Agar meni so‘rashsa, uyda yo‘qlar deb aytgin, - debdi.
Xotin borib telefon go‘shagini ko‘tarib:
— Allo, yo‘q, erim uydalar, debdi.
Eri jahli chiqib:
— Ahmoq, meni uyda yo‘q, deb aytgin dedim-ku senga, - desa, xotin bamaylixotir dermish:
— Nega jahl qilasiz? Axir telefon sizga bo‘lmadiku, - dermish.
— Allo, bu Bobur-akani nomerimi???
— Yo‘q, men Shaxnozaman!!
— Aldamang, Bobur-akani nomeriku bu to‘g‘rimi??
— E, qanaqa Bobur? Men Shaxnozman!!!-
— Unda nimaga erimni telefonida Bobur deb yozilibsiz??!!
— Xotinimni mantig‘iga tushunolmayman.
— Nega?
— Qo‘ng‘irog‘iga javob bermasam, ayollar bilan o‘tirgan bo‘larmushman.
— O‘chirib qo‘yaqol telefoningni.
— Unda, men ayollar bilan biron yoqqa ketgan bo‘larmushman.
— Unda yoqib qo‘y va qo‘ng‘iroqlariga javob ber! Qulog‘ing tinchiydi.
— Tinchimaydi! Unda men jazmanlarimga SMS yozayotgan bo‘larkanman.