Uddaburonlar haqida latifalar

Qaniydi, tushimda ishlayversam-u, o‘nggimda maosh olaversam!
Afandi bozordan ikki qop tuz olib eshagini ustiga ortib, o‘zi ham minib kelayotsa, yo‘lda ko‘rganlar “Hoy afandi, insofing bormi? Ikki qop tuz, yana o‘zing ham minib olibsan! Rahming kelsin”, desa, “Ha to‘g‘ri aytasiz birodar deb eshakdan sakrab tushib, eshakdan qoplarni yelkasiga ortib, qayta eshakka minib ketibdi.
— Keling singlim! Nima xizmat?
— Idorangizga ishga kirmoqchi edim...
— Yaxshi. Faqat talablarimiz bor. Masalan, 90x60x90, ...
— 486 ming!
— Hali oxirigacha aytib ulgurmadim-ku... Mayli bizga hisobchi ham kerak edi, olamiz!
Bir kuni afandi mardikor bozoriga borib qarasa, odamlar faqat kuchli, baquvvat yigitlarni ishga olayotgan ekan. Afandi nima qilishini bilmay, hiyla ishlatmoqchi bo‘libdi. Hamma mardikorlarni yig‘ib:
— Hammangizni hozir ishga olib ketishadi, hov anavi yerga borib turinglar, mashina kelsa ketasizlar, - deb aldabdi.
Bir pasta mardikor bozor bo‘shab qolgan ekan, zum o‘tmay afandini bir odam kelib ishlashga olib ketgan ekan.
Bir odam qo‘shnisidan hol ahvol so‘rabdi:
— Ha, qo‘shni, xomush ko‘rinasiz, tinchlikmi?
Qo‘shnisi:
— Ee, bir do‘stim plastik operatsiya qildiraman deb, 1000 dollar qarz olgan edi, endi yuzini o‘zgartirib olib, qochib yuribdi, yaramas, - dermish.
Shokoladni taqsimlagan akasidan norozi bo‘lgan uka:
— Nuqul shunday qilasiz, o‘zingizga katta qismini olib, kichigini menga berasiz! – debdi.
Akasi esa:
— Ho‘sh, meni o‘rnimda bo‘lsang, sen nima qilgan bo‘larding? – deb, so‘rabdi.
Ukasi:
— Kichigini o‘zim olib, katta qismini sizga berar edim! – desa,
Akasi:
— Bo‘lmasa nega ming‘irlaysan...? — men ham shunday qildim-ku...! – dermish.
Bir odam doktorni yoniga kelib shikoyat qilibdi:
— Doktor, judayam ko‘p yo‘talyapman. Nima qilay? Yordam bering!
Doktor bemordan so‘rabdi:
— Sigaret chekasizmi?
Bemor:
— Ha, chekaman.
— Qanaqasidan chekasiz? – savol beribdi doktor.
— Har xilidan.
— Bir xilidan chekish kerak!
— Ha endi, har doim bir odamni ketidan yura olmayman-ku! – degan ekan bemor.
Mo‘jizalar yonginamizda!
Bojxonachi do‘stim ko‘zini yumib turib 500 ming pul ishlab oldi...! Qanaqasiga?
Yigit:
— Menga turmushga chiqasizmi?
Qiz:
— Men turmushga chiqadigan yigit kuchli va ishbilarmon ham bo‘lishi kerak.
Yigit:
— Axir men seni bezorilardan qutqardim-ku!
Qiz:
— Albatta! Lekin ishbilarmon emassiz-ku?!
Yigit:
— Agar bilsang, o‘sha bezorilarni yuborgan ham men bo‘laman.
Ikki sevishgan gaplashib o‘tiribdi. Qiz:
— Dadam bilan gaplashib ko‘ring. Menga shunda uylansangiz bo‘ladi, - debdi.
Yigit qizning otasini yoniga boribdi. Otasi yigitdan so‘rabdi:
— Nima ish qilasan?
— Falon joyda.
— Maoshing qancha? – yana so‘rabdi qizning otasi. ⠀
— 400 ming so‘m debdi yigit.
— Iye, bu oyliging qizim bir oyda yeydigan go‘shtning ham puli emas-ku! – deb yigitni haydab yuboribdi otasi.
Yigit qizning uyidan chiqib ketayotsa, qiz:
— Ha, otam rozi bo‘lmadilarmi? - desa, yigit qizga qarab:
— Bor-yey! Sen ham ko‘p go‘sht yeydigan o‘zbeklardan ekansan! – dermish.