Uddaburonlar haqida latifalar

Imtihonga kirgan talabadan o‘qituvchi so‘rabdi:
— Ismingiz nima?
Talaba kulib:
— Akbar, - deb javob beribdi.
— Nega buncha xursand bo‘lyapsiz Akbar? – debdi o‘qituvchi.
— Birinchi savolingizga aniq va lo‘nda javob berdim, - debdi talaba.
Afandi qozilik qilib turganda, bir dehqon bilan duradgor arzga keldilar. O‘z foydasiga hukm chiqarishini iltimos qilib duradgor Afandiga eshik, dehqon esa ho‘kiz pora berdi. Afandi masalani kimning foydasiga hal qilish haqida ko‘p o‘ylanib, oxiri dehqon foydasiga hukm chiqardi.
Bundan xafa bo‘lgan duradgor:
— Taqsir, bizning eshik nima bo‘ldi? - deb so‘radi.
— Eshigingizni ho‘kiz suzib sindirib qo‘ydi, - javob berdi Afandi.
Bir bino qulab tushibdi. So‘ng g‘isht, qum va sementni sudga berishibdi.
Birinchi g‘ishtni so‘roqlashibdi:
— Seni qamaymiz, seni deb bino quladi desa.
g‘isht:
— Meni xech qanday aybim yo‘q, meni qanday qo‘yishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.
qumga:
— Barchasiga sen aybdorsan, bino seni deb qulagan desa.
qum:
— Men xech narsa qilganim yo‘q. meni qanday qorishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.
Oxiri sementga:
— Bino seni deb qulagan, sen aybdorsan desa,
Sement:
— Meni bunga qo‘shmeyla, men bularni orasida yo‘qman debdi.
Bir odam bozordan jo‘ja xo‘roz olib kelibdi. Uyida qari xo‘rozi bor ekan. 2 si har kuni urisharkan. Kunlardan birida qari xo‘roz shunday debdi:
— Darvozagacha kim birinchi borib kelsa, o‘sha boshliq bo‘ladi.
Jo‘ja xo‘roz tez yugurib darvozani oldiga yetgan ekan, xo‘jayin uni otib tashlabdi va:
— Nuqul olib kelgan xo‘rozlarim ko‘chaga yuguradi-ya, - dermish.
Volvo bir Djipni orqasidan kelib uribdi. Djipdan 4ta baquvvat "shkaf" tushib volvoni egasiga:
— Anchaga tushding! Mashinangni sotasan, kvartirangni sotasan, pulini to‘laysan koroche!!!
— Bolalar, sizlar kimsizlar?
— Biz sportsmenmiz....
Volvoni egasi pistoletini chiqarib:
— Unday bo‘lsa: "na Start, vnimaniye, MARSh!", - debdi.
Konservatoriya talabasi mutaxassislik bo‘yicha bitirish imtihoni oldidan hayajonlanib tursa, kursdoshi:
— Shu ham muammomi? Imtihon oladigan o‘qituvching yozgan kompozitsiyasini olgin-da, boshidan oxirigacha teskari o‘girib yozginda, topshirib chiqaver! – deb maslahat beribdi.
Talaba hafa bo‘lib:
— Unaqa qilib ko‘rdim, ustozim yozgan musiqasini teskari chalib ko‘rsam, Betxovenni musiqasi chiqyapti.
Er:
— Xotin, bugun nima ovqat qilding? – deb so‘rasa, xotini:
— Qo‘y go‘shtli tovuq sho‘rva, - degan ekan.
Bankni tunagan o‘g‘ri pullarni sanab ko‘rib:
— Bor-yo‘g‘i ellik million ekan..., - dedi g‘azabli ohangda.
Shu payt radiodan: "Shahrimizda joylashgan banklardan birida qo‘poruvchilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tomonidan, bir milliard miqdordagi pul o‘g‘rilab ketildi" - degan xabar tarqaldi. O‘g‘rining battar jahli chiqib, o‘ziga-o‘zi ming‘irlab debdi:
— Hayotimni xavf ostiga qo‘yib, atiga ellik million o‘g‘irlay oldim xolos! Bank boshqaruvchisi esa, o‘tirgan joyida to‘qqiz yuz ellik million ishlab oldi-ya...!!!!
Bir kishi bank eshigi oldida pista sotar ekan. Do‘sti kelib unga debdi:
— Og‘ayni, 50000 ming qarz berib tura olasanmi?
— Uzr! Men qarz bera olmayman. O‘rtada shartnoma bor, - debdi pistachi.
— Qanaqa shartnoma? - hayron bo‘lib so‘rabdi do‘sti.
— Bank pista sotmaydi, men qarz bermayman...
Afrosiyob poyezdida Buxoroga ketayotgan yo‘lovchi yoniga nazoratchi kelib debdi:
— Sizni biletingiz oddiy poyezd uchun. Bu - tezyurar poyezd. Marhamat qilib qo‘shimcha to‘lov qilsangiz!
Yo‘lovchi pinagini buzmay:
— Men shoshilayotganim yo‘q. Mashinistga ayting, sekinroq ketaversin!!!