Uddaburonlar haqida latifalar

Restoranda:
— Kim qizil lentaga o‘ralgan 100$ liklarni yo‘qotib qo‘yganidi?
— Men, men, men yo‘qotganidim!
— A mana, faqat lentani o‘zini topdim.
Bir ayol eriga:
— Sizga bitta savol beraman. Topa olmasangiz menga ellik berasiz. Agar siz bergan savolga men javob bera olmasam, sizga ellik ming beraman, - debdi.
— Mayli, - debdi eri.
— Yerdan oygacha qancha masofa bor? - debdi xotini.
— Bilmadim, - deb ellik ming beribdi eri.
— O‘zi yerdan oygacha qancha xotin?, - desa, — o‘zim ham bilmasdim adasi, - dermish xotini.
— Alla bolam, uxla shirin tushlar ko‘r, hoynahoy tushingga oppoq quyonchalar kirsa kerak-a?
— Yo‘q, avval: "Kango'ni reklamasi ketadi".
Xotin eriga:
— Keling, ertaga ikkimiz "mehmon-mehmon" o‘ynaymiz!
— Ho‘sh, mehmon kim bo‘ladi?
— Albatta, men. Siz mezbon sifatida uylarni yig‘ishtirib, ovqat pishirib turasiz.
Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
Ikki o‘rtoq ta’qiqlangan joyda baliq tutib o‘tirsa, tekshiruvchilar kelib:
— Ov qilishga ruxsatnomangiz bormi? - desa, bittasi o‘rnidan turib, qocha boshlabdi. Tekshiruvchi uni quvlab, yetib olibdi-da:
— Nega qochasan? Hujjating yo‘q-mi? - degan ekan, u yigit ham, — Meni hujjatlarim joyida. Do‘stimni ruxsatnomasi yo‘q edi-da, - dermish.
Ikkita hamkasblar kechki payt ishdan chiqishibdi. Birinchisi debdi:
— Bitta iltimosim bor, hozir boshlig‘imiz ishdan chiqadi. Sen uni haydovchisisan-ku! Mashina buzilgan deb biroz shu yerda uni ushlab turgin. Bugun boshlig‘imizni qizi bilan uchrashmoqchi edim, - debdi.
Haydovchi istar-istamas zo‘rg‘a rozi bo‘libdi.
Boshliq ishdan chiqib:
— Qani ketdik-mi?! - desa, haydovchi:
— Mashina negadir o‘t olmayapti!? - deb bahona qilib, ancha vaqtgacha ushlab turibdi. Buni sezgan rahbar:
— Nega meni aldayapsan? To‘g‘risini ayt! Aks holda ishdan bo‘shataman! - deb baqira ketibdi.
Boshqa chorasi qolmagan haydovchi bor gapni aytib beribdi. Shu yerda ishlaydigan do‘sti uning qizi bilan uchrashmoqchi ekanini, shunga u mashina buzildi deb, bahona qilganini aytsa, boshliq xoxolab kulib:
— Laqma ekansan-ku! Meni umuman qizim yo‘q. Undan ko‘ra uyingga borib o‘zingni qizingdan xabar ol!!! - degan ekan.
Talabalar shiori:
3 baho oladiganlar: 3 qo‘y lekin mani tinch qo‘y!
4 baho oladiganlar: Yetsa bilim, yetmasa pulim!
5 baho oladiganlar: Harajatsiz harakat 0 ga teng!
O‘rmonda bir maymun banan po‘chog‘ini suvda yuvib o‘tirsa, ayiq kelib debdi:
— Nima qilyapsan?
Maymun:
— Ming so‘m bersang aytaman, - debdi.
Qiziqib ketgan ayiq maymunga ming so‘m berib:
— Endi aytaqol, banan po‘chog‘ini nima qilyapsan? - desa, maymun:
— Yuvyapman, - debdi.
Shunda ayiq kulib:
— Aqldan ozdingmi? - debdi. Maymun bo‘lsa unga javoban:
— Aqldan ozganmanmi, yo‘qmi, lekin kuniga o‘n ming pulim bor, - dermish...
Bir kuni ikkita yigit choyxonada osh yegani kelishibdi. Oshni olib kelishgach, qarasa, hamma go‘sht narigi sherigi tomonga o‘tib ketibdi. Shunda birinchi yigit debdi:
— Og‘ayni bilasanmi, faylasuf kim?
— Yo‘q, - debdi.
— Faylasuf shunday odam-ki, u dunyoni mana shu laganday burab qo‘yishi mumkin.
Sherigi qarasa, hamma go‘sht narigi tomonga o‘tib ketibdi.
— Iye, - debdi yigit, - sen faylasufmisan?
— Yo‘q, - debdi do‘sti.
— Unday bo‘lsa qo‘y, dunyo joyida tursin, - deb laganni yana joyiga aylantirib qo‘yibdi.