Yoshlar haqida latifalar
— Otaxon, biz ham sizga o‘xshab yuraylik, bir duo qiling, - debdi yigitlar.
Otaxon:
— Omin, meni yoshimga kiringlar, ammo men qilgan ishni qilmanglar! – debdi.
Yigitlar:
— Nega unaqa deyapsiz? – desa, otaxon:
— Chunki hayotimda 25 yil qamoq ham bor-da, - degan ekan.
— Yaxshi qiz, siz bilan tanishsam bo‘ladimi?
Qiz ortiga o‘girilib:
— Yo‘q, - desa, yigit qo‘rqib ketib:
— Voy, xudoga shukur-yey, - dermish.
Apple va Samsung kompaniyalari.
— Axlat tashiysizmi? – desa, taksichi:
— O‘tir, aytgan joyingga tashlab qo‘yaman, - dermish.
Birinchi qiz sotuvchiga:
— Menga uzun-uzun sabzingizdan bering.
Ikinchisi:
— Menga semiz-semiz sabzingizdan bering.
Sotuvchi uchinchi qizga qarab:
— Sizga qanaqasidan?
Uchinchi qiz:
— Menga farqi yo‘q! Qanaqasidan bo‘lsayam, men ovqatga ishlataman.
Sotuvchi:
— Bu qizlarchi?
— Ha, ... bu ikkalasi sabzidan niqob tayyorlab yuziga surtmoqchi.
— Qalay ada, mashina haydashni o‘rganibmanmi?
— Yo‘l chetida turganchiroyli qizni ko‘rdingmi?
— Yo‘q, ko‘rmadim.
— Unda hali o‘rganmabsan!
— Amaki, bunaqa qilish mumkin emas. Bu yomon odat!
Bu gapni eshitgan kishi erinmasdan kiyimlarini kiyib, 7-qavatdan pastga zinadan tushib ketayotganmish “Bir ta’ziringni berib kelay sen bolani. Hali senmi menga aql o‘rgatadigan”! deb.
Yigit juda uyatchan ekan, qiz esa uni quchoqlab o‘pishini xohlab turibdi.
Sal turib qiz:
— Voy, ko‘zim og‘riyapti.
Yigit qizni ko‘zidan o‘pib:
— Endi og‘rimayaptimi, - debdi
— Yo‘q...Voy, bo‘ynim og‘riyapti...
Yigit bo‘ynidan o‘pib:
— Endi og‘rimayaptimi?
— Yo‘q.
Sal narida kuzatib turgan bir chol kelib yigitga:
— O‘g‘lim gemoroyni ham davolaysanmi?, - dermish
— Men seni sevaman!
— Bu gapingizni yana kimlarga aytgansiz?
— Hammaga.
— Hammaga?!
— Seni sevishimni hammaga aytganman-da!