Yoshlar haqida latifalar

25 yoshli yigit do‘stiga maqtanib debdi:
— Ishonasanmi? Bir oy avval yasashni boshlagan pazlni kecha tugatdim.
— Hazllashyapsanmi?! Axir shunchalik ham sekin yasaysanmi?
— Nimasi sekin!? Pazlni qutisida 3-6 degan yozuvlar bor edi-ku! Demak men tez yasaganman.
Mahalladan o‘tib ketayotgan qizga ko‘chada turgan ayollar debdi:
— Kecha seni kuzatib kelgan yigit yaxshi yigit emas!
— Nega unaqa deyapsizlar?
— Kecha ko‘rdik, seni kuzatib bo‘lgach, sigaret chekdi... Bu yomon odat!
— Sizlarga o‘xshab g‘iybat qilish yaxshi odatmi? Undan ko‘ra sigaret chekkaningiz yaxshi edi!
Yosh qiz telefoniga qarab o‘tirsa, buvisi yoniga kelib:
— Shu telefoningni doim qo‘ldan qo‘ymaysan. Nimalar qilasan? – debdi.
Qiz javob beribdi:
— Qarang buvijon, mana bu onlayn do‘kon. Bu gruppalardan ko‘ylaklarni buyurtma qilsa bo‘ladi. Uygacha olib kelib berishadi. Men mana bularni buyurtma qildim...
Buvisi:
— Bolam, shuncha tungi ko‘ylaklarni nima qilasan? – desa, qiz:
— Buvijon, bu tungi ko‘ylaklar emas! O‘qishga kiyib boradigan ko‘ylaklar-ku axir!!! – dermish.
Yigit va qiz suhbatidan:
Yigit:
— Nega xafasan? Senga yozmayotganim uchun-mi? Istasang, har kuni yozaman...
Qiz:
— Konspektlarimni yozib bera olmaysizmi?!
Qizni otasi yigit bilan uchrashib, bolani xunukligini ko‘rib debdi:
— E, qizimga hayronman. Seni nimang yoqdi ekan unga?!
Yigit:
— Plastik kartochkamni ko‘rsatganim ma’qulmi yoki naqd puldami? – dermish.
Bir yigit folbinni yoniga borib so‘rabdi:
— Men shu kungacha juda ko‘p qizlar bilan “yurdim”. Ularni sanog‘i yo‘q. Ko‘ngilhushlik qilib, hamma yomonliklarni qilib bo‘ldim. Endi bo‘lsa hamma gunohlarimni tan olib, tavba qildim. Ayting-chi, men qanday qizga uylanaman endi?
Folbin yigitga qarab turib:
— Siz huddi o‘zingizga o‘xshagan, tavba qilgan qizga uylanasiz, - degan ekan.
Qaynona keliniga tanbeh beraverarkan:
— Ovqat qilishni bilmaysiz! O‘g‘lim bechora bemaza ovqatlarni yeb, umri o‘tyapti! Sizdek xotin bilan yashab yuribdi bolam... Men sizni yoshingizda...bilasizmi?!
Kelin:
— Bilaman oyijon. Huddi meni yoshimda siz adajonni qirqini o‘tkazgan edingiz.
Qaynona keliniga tanbeh beraverarkan:
— Ovqat qilishni bilmaysiz! O‘g‘lim bechora bemaza ovqatlarni yeb, umri o‘tyapti! Sizdek xotin bilan yashab yuribdi bolam... Men sizni yoshingizda...bilasizmi?!
Kelin:
— Bilaman oyijon. Huddi meni yoshimda siz adajonni qirqini o‘tkazgan edingiz.
Qiz yaqinda tanishgan yigiti bilan kinoga tushib, kino tugagach, so‘rabdi:
— Uyga nimada ketamiz?
— Nimada ketmoqchisiz?
— Anavi so‘z nima edi? Malibumi, Molibumi?
— Metro deng, to‘g‘ri bo‘ladi!
Buvisi 18 yoshli nabira qizi ko‘chadan yarim kechada kirib kelganini ko‘rib, tanbeh bermoqchi bo‘lib debdi:
— Yoshing 18 da bo‘lsa. Qachongacha bu ahvolda ko‘cha sang‘ib yurasan?!
Nabirasi:
— Menimcha, 20 yoshgacha yursam kyerak....
Buvisi:
— Keyin-chi???
— Turmushga chiqib ketaman, buvijon!