Yoshlar haqida latifalar

Bekatda bir yigit yonidagi chiroyli qizga:
— Men sizni tanidim. Kecha klubda ichki ko‘ylakda raqs tushgan qizsiz, shundaymi? - desa, qiz:
— Ha, demak siz ertaroq ketib qolgan ekansiz-da, - dermish.
Afandining bir qizi bor ekan. Unga birdan uch yigit oshiq bo‘libdi. Uchalasi uch yurtdan ekan, birinchisi: o‘zbek, ikkinchisi: rus, uchinchisi: nemis ekan.
Afandi ularga shart qo‘yibdi:
— O‘zingizga yoqqan gulni olib kelinglar. Ular olib kelibdi.
— Endi har kim o‘zi olib kelgan gulni yesin, - debdi.
O‘zbek lola olib kelgan ekan, uni bemalol yebdi. Rus atirgul olib kelgan ekan. U gulni yeyar ekan, ham kularmish, ham yig‘larmish.
— Nega yig‘layapsan, deb so‘rashsa
— Atirgulning tikani bo‘g‘zimga tiqilyapti, - dermish.
— Unda nega kulayapsan, -deb surashsa
— Anu nemis kaktus ko‘tarib kelyapti, - dermish.
Harbiy komissariyatda tibbiy ko‘rik. Ikki egizakdan biri tekshiruvdan chiqibdi.
— Nima bo‘ldi? so‘rabdi Husan.
— Armiyaga yaroqsiz ekanman, olishmadi, - debdi Hasan.
— Unda mening o‘rnimga ham kirib chiq, armiyaga borgim kelmayapti. Hasan xo‘p deya, yana ko‘rikdan o‘tish uchun kirib ketibdi. Birozdan so‘ng chiqib dermish:
— Husan, seni armiyaga olishdi!
Qiz:
— Sen iflosni deb hayotim alg‘ov-dalg‘ov bo‘ldi. Senga butun yoshligimni sarfladim, - deb baqirayotsa, oshxonadan onasini ovozi eshitilibdi:
— Diplomni tinch qo‘y qizim!!! - dermish.
Bir yosh yigit xilvat ko‘chada odamlarni tunab, o‘g‘rilik qilib yursa, keksa otaxon kelib:
— O‘g‘lim, bu nima qilganing?! Otang shu yurishingni bilsa nima qiladi?! - debdi.
Shunda yigit ikkilanmay javob beribdi:
— Otam meni o‘ldiradi! Chunki bu uning hududi!!!
Antiqa paytda yashayapmizda. Statuslarni aytaman. Ularni o‘ylab o‘zi to‘qib yozadiganlar ham bor, tarjima qiladiganlar esa ko‘proq. Birov yozganini uxlatib o‘zini sayt, gruppa, kanaliga qo‘yadiganlar esa ulardan ham ko‘proq. O‘qib klass, layk bosib shaxsiy sahifasiga qo‘yadiganlar yanayam ko‘proq.
Biroq... O‘sha aqlli gaplarga, foydali nasihatlarga amal qiladiganlar juda oz. Netdagi hayotimiz quruq gapga aylanib bormoqda. Amerikaliklar tili bilan aytganda "Bla, bla, bla..."
Ikki talaba turmush quribdi. To‘yda kelin hech narsa yemay o‘tirsa, bir mehmon so‘rabdi:
— Nega bu kelin hech narsa yemaydi-yam, ichmaydi-yam?
O‘tirganlardan biri:
— Chunki u pul qo‘shmadi-da!
Institut auditoriyasida dars ketyapti. O‘qituvchi doskaga murakkab formulalarni yozish bilan band. Talaba yigitlar esa karta o‘yini bilan mashg‘ul.
Yigitlardan biri qo‘lidagi kartani noto‘g‘ri tashlab, o‘yin qoidasini buzgan edi, yonidagi o‘rtog‘i:
— Ey, tushunmadim...!!! Manga qara! Nima bu??? - desa, doskaga yozayotgan o‘qituvchi shoshib-pishib:
— Hozir, hozir hamma formulalarni tushuntirib beraman, - dermish.
Gazetada e’lon: 40 yoshli xotinimni 2 ta 20 yoshli ayolga almashaman.
Ixcham, ozg‘in qizlarni yoqtiradigan yigitlar diqqatiga:
Ilonlarning semizi bo‘lmaydi!