Yoshlar haqida latifalar

Qiz sevgan yigitiga debdi:
— Nega menga anchadan beri gul sovg‘a qilmayapsiz?
Yigit:
— Ol, senga butun dalani sovg‘a qildim. Xohlaganingcha terib olaver!
Ikki dugona kecha bo‘lib o‘tgan maishat haqida suhbatlashmoqda:
— Kecha narigi bo‘limda ishlaydigan bir surbet yigit butun oqshom ortimdan yurdi-ya...!
Dugonasi:
— Haqiqatan ham surbet ekan. Menga umuman qiyo ham boqmadi-ya...!
Ikki yosh nikoh o‘qitgani domlani yoniga borishibdi.
Domla yigitdan so‘rabdi:
— Falonchi o‘g‘li falonchi, falonchini qizini tan mahramlikka olishga rozimisiz?
Yigit:
— Menga baribir, farqi yo‘q! - debdi.
Navbat qizga kelibdi:
— Falonchi qizi, falonchining o‘g‘li falonchibekka turmushga chiqishga rozimisiz?
— Menga baribir, - debdi qiz.
Domla duoga qo‘l ochib:
— Menga ham umuman farqi yo‘q, baxtli-saodatli bo‘linglar, - degan ekan.
Bir qiz yigitni sevib qolib:
— Men sizni sevaman. Sizga turmushga chiqishga roziman, - debdi.
Yigit:
— Rostanmi?
Qiz:
— Ha rost!
— Unday bo‘lsa, tezroq mendan bo‘sa oling, - dyebdi yigit.
Qiz:
— Nimaga? - desa, yigit:
— Men yana qurbaqaga aylanib qolgim kelyapti, - dermish.
Bir talaba pulsizlikdan qiynalib:
— Sigaretni tashlab, nos chekishga o‘taman, - debdi.
Bir haftadan so‘ng xumori tutib, ham sigaret ham nos sotib olishni boshlabdi.
— Voy, voy, voy...!! Nima qilyapsiz?!
Yigit:
— Qimirlamagin.
Qiz:
— Topdizmi?
Yigit:
— Ha, topdim. Hozir tiqaman.
Qiz:
— U yergamas!
Yigit:
— E, bor! Shu choyshablarni o‘zing tiqaver!
Bir talaba yigit ertalab nonushta qilib, telefoniga o‘rnatilgan TashBus da avtobus qachon kelishini qarab o‘tirsa, buvisi debdi:
— Bolaginam, nima qilyapsan?
— Avtobus kutyapman, - javob beribdi nabirasi.
Buvisi nabirasini ahvolidan xavotir olib:
— Bu telefon o‘lgur yoshlarni aqldan ozdirmasaydi. Oshxonada-yam avtobus kutadimi?! - dermish.
Yigit sevgan qizidan so‘rabdi:
— Jonim, mengacha nechta yigit bilan yurgansiz?
— Qiz indamay, yerga qaradi.
Yigit:
— Jonim mani kechiring, sizi uyaltirmoqchimasdim.
Qiz:
— Halaqit bermang, sanayapman: Oltmish bir, Oltmish ikki, Oltmish besh...
O‘g‘li kechqurun o‘qishdan yangi avtomobil haydab kelganini ko‘rgan ota:
— Qayerdan olding buni? - deb so‘rabdi.
— Ko‘chada bir ayol ikki ming so‘mga sotdi, - debdi.
Otasi:
— Esing joyidami? Kim mashinani ikki mingga sotadi?, - desa, o‘g‘li:
— Bir ayol deyapman-ku! Uni eri jazmani bilan ketib qolibdi. Xotiniga esa, — Menga tegishli hamma mol-mulkni sotib, pulini menga jo‘natib yubor!, - debdi.
Aytganday, sizlarga to‘rt xonali uy sotib oldim, besh ming so‘mga!